So’nggi yangiliklar

15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  0 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  21 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4

Yangi mavsum oldidan klublar xavfsizlik oficerlari uchun seminar o'tkazildi Yangiliklar

Yangi mavsum oldidan klublar xavfsizlik oficerlari uchun seminar o'tkazildi

Teglar :  xavfsizlik
Futbol uchrashuvlari vaqtida ishtirokchilar va stadionga tashrif buyurgan tomoshabinlar xavfsizligini taminlash eng ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Futbol klublari tizimida faoliyat olib borayotgan xavfsizlik bo'yicha oficerlar bu borada huquq-tartibot idoralari vakillari va Liga komissarlari bilan yaqindan ish olib borishmoqda.

Liga so'nggi yillarda har mavsum avvalida klublarning xavfsizlik oficerlari uchun o'quv-seminari tashkil etib, ularning xizmat vazifalari, ularga qo'yiladigan talablar, o'yin oldidan va uchrashuv davomida stadion hududida xavfsizlik qoidalariga to'la rioya etilishini taminlash kabi jihatlar bo'yicha to'liq tushuncha berib kelmoqda.

2023 yilgi mavsum starti oldidan o'tkazilgan seminarda O'zPFL, O'FA, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash bo'yicha masullari ishtirok etib, o'tgan mavsum bu borada amalga oshirilgan ishlar sarhisobini bajargan holda oldindagi mavsum uchun umumiy rejalar muhokama qilindi.

Bu yildan etiboran har bir futbol klubi o'z ichki xavfsizlik nizomini tasdiqladi. Endilikda uchrashuvlar paytida klublar xavfsizlik oficerlari aynan mana shu nizom asosida jamoat tartibini saqlash bo'yicha Liga, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi.

Reyting:    

O’xshash yangiliklar

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика