So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  0 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  2 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  0 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  3 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  6 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  3 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  0 07:40Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" — "Машъал" 3:1  1 07:32Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита ярим финалчи аниқланади  3 02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  6 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  42 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2

Yaman terma jamoasi ustozi: "SHomurodovni to'xtatishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Yaman terma jamoasi ustozi: "SHomurodovni to'xtatishga harakat qilamiz"

JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Yaman uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Sami Hasan Al Nash va jamoa darvozaboni Salim Avad ishtirok etishdi.

"Birinchi navbatda matbuot anjumaniga kelganinglar uchun rahmat aytaman. Ertangi bahs ikkala jamoa uchun ham muhim. Ertaga O'zbekistonning ustunligi o'z muxlislari qarshisida o'ynashida. Biz oldingi ikki o'yinda bo'lgani kabi yaxshi o'ynashga va Toshkentdan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilamiz", - dedi bosh murabbiy.

- Yaman terma jamoasi so'nggi bor Toshkentga kelganida O'zbekistonga jiddiy qarshilik ko'rsatgandi. SHundan keyin terma jamoa o'yin uslubi, tarkibida o'zgarishlar bo'ldimi?
- Bugungi kunda tarkibimizda ko'plab yoshlar bor. JCH-2022 saralashidagi dastlabki ikki o'yinda 3 nafar tajribali futbolchilar o'ynay olishmadi, ular ertaga maydonga tushishadi.

- Siz O'zbekiston terma jamoasini yaxshilab o'rgangansiz, bunga shubha yo'q. Nima deb o'ylaysiz O'zbekiston futboli rivojlanishdan to'xtaganmi yoki noto'g'ri yo'nalishda ketayaptimi?
- O'zbekiston haligacha Osiyoning etakchi davlatlaridan biri. To'g'ri balki so'nggi oylarda jamoaning o'yinida pasayish bo'lgandir, ammo baribir O'zbekiston kuchli jamoa hisoblanadi.


- Yaman dastlabki ikki o'yinda durang o'ynadi. Ertangi bahsda ochko olsangiz etarlimi yoki faqat g'alaba uchun o'ynaysizmi? Guruhimizdagi eng kuchli jamoa qaysi?
- Aytish mumkinki ertangi bahsda ikkala jamoaning imkoniyati bir xil. Guruhda O'zbekiston va Saudiya Arabistoni nisbatan kuchliroq. O'z maydonimizda yana 3ta o'yin bor, o'sha o'yinlarda ko'proq ochko olishga intilamiz.

- Yaman siyosiy vaziyat tufayli o'z uy o'yiinlarini Bahraynda o'tkazishga majbur bo'lmoqda. Bu futbolchilarga qanchalik qiyinchilik tug'diradi?
- To'g'ri aytdingiz, neytral maydonda o'ynashga majbur bo'lmoqdamiz. Yig'inni Saudiya Arabistonida o'tkazayapmiz va o'zimizni uydagidek his qilayapmiz. Sababi bu erda ko'plab muxliislarimiz bor. Ammo hech narsa Yamanda o'ynashimizga etmaydi.

- Falastin bilan o'yiindan so'ng O'zbekiston terma jamoasida bosh murabbiy o'zgardi, katta ehtimol bilan taktika ham futbolchilar ham o'zgaradi. Bu borada qanday fikrdasiz?
- Juda yaxshi savol. Yangi murabbiy kelganidan keyin taktika o'zgarishi aniq. Ertaga bizda barchasi yaxshi bo'lishiga umid qilamiz.


- Eldor SHomurodov "Rostov" safida ajoyib o'yin namoyish etmoqda va ketma-ket gollar urmoqda. Ertaga uni to'xtatish uchun nimadir o'ylab qo'ydinglarmi? Umuman Yaman himoyaviy o'ynaydimi yoki hujumkor?
- O'zbekiston terma jamoasida texnik kuchli bo'lgan futbolchilar juda ko'p. Aynan SHomurodov haqida gapiradigan bo'lsam, bo'yi baland bo'lgan, jismonan kuchli futbolchi, ayniqsa jarima maydoni ichida u tez harakat qiladi. Uni to'xtatish uchun qo'ldan kelganicha harakat qilamiz.

- O'zbekiston terma jamoasida yangi murabbiy kelganidan so'ng rasmiy o'yin o'tkazgani yo'q. Raqibni qaysi o'yinga qarab o'rgandingiz?
- Har bir jamoa raqibidan kelib chiqib o'ynaydi. Aytib o'tdim, O'zbekiston uchun alohida o'ylab qo'ygan taktikamiz bor.

"Besh yildan buyon Yamanda chempionat o'yinlari o'tkazilmayapti. SHu bois bizga qiyin bo'ladi. Ammo hozirgi bosh murabbiy yaxshi jamoa tuza olgan, ertaga Yaman futboli nimalarga qodirligini ko'rsatmoqchimiz", - dedi darvozabon Salim Avad.



Narzulla Saydullaev

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика