So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Yaman bosh murabbiyi: "Falastinga qarshi o'yin bilan taqqoslaganda butunlay boshqa O'zbekistonni ko'rdik" Yangiliklar

Yaman bosh murabbiyi: "Falastinga qarshi o'yin bilan taqqoslaganda butunlay boshqa O'zbekistonni ko'rdik"

JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Yaman uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Sami Al Nash qatnashdi.

"Bugungi o'yinda tajriba borasidagi farq sezilib qoldi. Raqiblarimiz bizdan ancha tajribali. O'zbekiston terma jamoasida juda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi va 5ta gol urishdi. Bizda bunday holatlar kam bo'ldi, ulardan foydalanishda oqsadik", - deydi bosh murabbiy.

- O'zbekistonni o'rganishda baribir Falastinga qarshi o'yinni ko'rgan bo'lsangiz kerak, o'sha o'yin bilan bugungi o'yindagi O'zbekistonning eng asosiy farqi nimada?
- Falastin bilan o'yin va bugungi bahs o'rtasida katta farq bo'ldi. Eng katta ustunlik o'z maydonida muxlislar qarshisida o'ynashgani va shu bois bugun butunlay boshqa O'zbekistonni ko'rdik.

- Yaman o'tgan ikki bahsda Singapur va Saudiya Arabistoniga ikkitadan gol ura olgandi. Ammo bugun shogirdlaringizda tetiklik ko'rinmadi...
- Bugun asosiy hujumchimiz diskvalifikaciya tufayli o'ynay olmadi. Yana bir sabab Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda Bahraynda bo'lsa ham o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynagandik. Bugun esa mehmon jamoa maydonida harakat qildik.

- Nima uchun jamoaingiz to'p bilan deyarli ko'p harakat qilgani yo'q...
- Tarkibimizda yoshlar juda ko'p. Ular hali bizning falsafamizni to'liq tushunib etishgani yo'q.


Narzulla Saydullaev yozib oldi


Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика