So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  2 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  2 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  8 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7

Xose Mariya Mendes: "O'zbekiston futzal terma jamoasiga Jahonning eng kuchli murabbiyi kelgan" Yangiliklar

Xose Mariya Mendes: "O'zbekiston futzal terma jamoasiga Jahonning eng kuchli murabbiyi kelgan"

O'zbekistonda futzal bu yil bir qadam oldinga qadam tashlay olishga erishdi. Dastlab 2024 yilgi Jahon chempionati yurtimizga ishonib topshirilgan bo'lsa, mundialda munosib ishtirok etish uchun Ispaniya terma jamoasi ustozi Xose Venansio Lopes taklif qilindi

 O'FA Lopes variantigacha ispaniyalik Xose Mariya Mendes va boshqa xorijlik murabbiylar nomzodini ham ko'rib chiqqan. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov o'z vaqtida terma jamoamizni ilk bor mundialga olib chiqqan Xose Mariya Mendes bilan bog'landi va ayrim mavzularda suhbatlashdi. 

- O'zbekistondagi faoliyatingizdan so'ng Tailand, Portugaliya kabi davlatlarda ishladingiz. Aytingchi, bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?

- O'tgan yilning aprel oyidan boshlab Xitoydagi faoliyatim boshlandi. Hozirda "SHenzen Nanling" jamoasida faoliyat olib bormoqdaman. Bu mavsum jamoa bilan chempionlikni qo'lga kiritdik. Oldinlari bu mamlakatga sayohat uchun kelganimda qiynalgan edim. Xitoyda ishlash men uchun yangi tajriba va sarguzashtdir. Hozirda Xitoyda baxtliman.

- O'zbek futzalidagi bugungi o'zgarishlar, yangiliklar bilan qiziqib turasizmi? 

- O'zbekistondagi yangiliklarni kuzatib boraman. U erda ko'plab do'stlarim bor. Bir nechta futzalchilar bilan hamon aloqadaman. Jahongir Usmonov bilan ham tez-tez gaplashib turamiz. Umuman olganda O'zbekistondan yaxshi xotiralar qolgan. Mamlakatingizdagi futzalga oid barcha yangiliklar etiborimda turadi. 

- Futzal terma jamoamiz murabbiyligiga nomzodlar orasida siz ham bor edingiz. Taklif rostdan ham bo'lganmidi va qabul qilishingizga nima to'sqinlik qildi?

- Menga Jahongir Usmonov qo'ng'iroq qildi va qaytish taklifini bildirdi. U insonni juda hurmat qilaman. Lekin buning iloji yo'q, klub bilan shartnomam bor edi. Xose Venansio Lopes Jahonning eng kuchli murabbiyi. Uning ishiga va darajasi yuqori ekanligiga ishonaman. O'zbekistonga top saviyadagi murabbiy keldi. 

- 2024 yilgi Jahon chempionati O'zbekistonga berildi. Mezbon faktoridan kelib chiqib musobaqada O'zbekistondan qanday natija kutyapsiz?

- O'z uyidagi katta musobaqada qatnashish qo'shimcha masuliyat hisoblanadi. O'zbekiston terma jamoasi muxlislar qo'llab-quvvatlashi tufayli katta natija qayd etishiga ishonmoqdaman. Bu qiyin tuyulishi mumkin. Lekin ilojsiz narsa emas. Avvalo birinchi maqsad guruhdan chiqish masalasini hal qilishdan iborat. O'tgan Jahon chempionatida O'zbekiston dunyoning eng kuchli 16ta jamoasi qatoriga kirdi va bu yaxshi natija sifatida qabul qilindi. Endilikda bu natijani takrorlab, kuchli 8talikka kirishga harakat qilish kerak. Men  bunga ishonaman. Agar O'zbekiston chorak finalgacha etib bora olsa, aqlbovar natija hisoblanadi. 

- Jahon chempionatida etakchilar o'zgarishi mumkinmi? 

- So'nggi yillarda futzal dunyoning barcha nuqtalarida rivojlanmoqda. Bundan avval faqat 3-4 jamoa futzalni boshqarardi. Ispaniya, Braziliya, Portugali va hokazo. So'nggi yillarda Eron, Rossiya, Paragvay, Argentina, Marokash ham qo'shildi. O'zbekiston ham jahonning etakchi futzal terma jamoalari qatoriga kirishga harakat qilishik kerak. Jahon chempionatlarida har bir o'yin qiyin kechadi. Kelayotgan Jahon chempionati futzal tarixidagi eng qiyini bo'ladi. 

- Qitada Eron etakchiligini to'xtatish nimalarga bog'liq?

- Eron o'z futzaliga ko'p yillardan beri etibor berib keladi va rivojlantiradi. Eron aholisini hayoti futzalga bog'langan. Ular bolaligidan futzal o'ynaydi. Futzal ligalari juda ko'p. Odamlar ham qiziqadi. Eron uchun futzal bilan shug'ullanish odatiy hol. Eronni bitta o'yinda yutish mumkin. Lekin bunday natija hech kimga kerakmas. Bu doimiy bo'lishi lozim. Xose Venansio Lopes Eronni yuta oladigan mutaxassis. Tajribasi katta. Har doim oldiga qo'ygan maqsadlarni bajarishga odatlangan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика