Xorvatiya bosh murabbiyi istefoga chiqariladi
07 okt 2017 14:59
Yangiliklar
Xorvatiya bosh murabbiyi istefoga chiqariladi
Xorvatiya futbol ittifoqi terma jamoa bosh murabbiyi Ante CHachich bilan xayrlashishga qaror qildi.
Bunday qaror Finlyandiyaga qarshi uy uchrashuvi (1:1)dan qabul qilindi. Ana shu durang sabab xorvatlar JCH-2018ga chiqish imkoniyatlarini xavf ostida qoldirdilar.
"Index"ning malumotiga ko'ra, CHachich istefoga chiqariladi. Tez orada bu haqda rasmiy xabar berilishi kutilmoqda.
Xorvatiya 9 oktyabr kuni Kievda saralashning hal qiluvchi bahsida Ukraina bilan o'ynaydi. 64 yoshli CHachich ketadigan bo'lsa kim jamoani boshqarishi nomalum.
Katta ehtimol bilan, rahbariyat murabbiy istefosi muhim o'yin oldidan jamoani tetiklashtirib yuboradi deb hisoblamoqda.
Ayni paytda Xorvatiya guruhda Ukraina bilan bir xil ochko to'plagan holda ikkinchi pog'onada bormoqda. Ukraina esa uchinchi o'rinda.
O’xshash yangiliklar
17:28
Dario Marinovich: "Argentina Braziliyadan kuchsiz, sababi ulardagi o'yinchilar darajasi pastroq" 0
Fikrlar