Xomyakov Navoiyga o'yin kuni boradi
10 apr 2014 18:16
Yangiliklar

Xomyakov Navoiyga o'yin kuni boradi
Muborakning “Mashal” jamoasi navbatdagi turni safarda “Qizilqum”ga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 12 aprel kuni Navoiy shahrida bo'lib o'tadi.
SHu kunlarda Toshkentda “Pro” licenziyasi uchun o'qish davom etmoqda. Kurslarda “Mashal”ning ikki vakili ishtirok etmoqda. Bosh murabbiy - Aleksandr Xomyakov va yordamchi murabbiy Jamshid Saidov.
Bizga malum bo'lishicha, 11-12 aprel kunlari murabbiylar “Pro” uchun imtihon topshirishadi. SHu munosabat bilan kursda qatnashayotgan murabbiylarga faqat o'yin kunigina javob beriladigan bo'ldi. Natijada Aleksandr Xomyakov o'yin kuni ertalab Navoiyga qarab yo'lga chiqadi. Yordamchi murabbiy Jamshid Saidov esa imtihon tufayli o'yinga bora olmaydigan bo'ldi. Ayni paytda muborakliklarni yana bir yordamchi murabbiy Maqsud Irisbaev shug'ullantirib turibdi.

Fikrlar