Xolandning oilasi Ispaniyadan uy xarid qildi, futbolchi esa "Borussiya" rahbariyatiga yozda ketishini malum qildi
30 mar 2021 16:33
Yangiliklar
Xolandning oilasi Ispaniyadan uy xarid qildi, futbolchi esa "Borussiya" rahbariyatiga yozda ketishini malum qildi
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Erling Xoland yozgi transfer oynasida klubni tark etmoqchi.
Norvegiyalik o'z qarorini nemis klubi rahbariyatiga malum qildi. 20 yoshli futbolchining oilasi Ispaniyada uy xarid qildi. Bu malumotni shahar meri Marbelya Anxeles Munos ham tasdiqladi.
Futbolchi uchun bosh davogar "Real"dir, klub "Borussiya" bilan transfer borasida muzokaralarni boshlashga tayyor. Nemis jamoasi o'yinchini sotishni xohlamayapti, ammo kelasi yozda 75 million evro evaziga bitim buzilishi borasidagi band kuchga kiradi. SHu sabab nemislar forvardni ushbu yilda qo'yib yuborishga rozi bo'lishlari mumkin.
Xoland "Borussiya"da 2020 yilning yanvaridan beri o'ynaydi. Futbolchi joriy mavsum klub safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Fikrlar