Xoland PSJni rad etdi. U ham bir yildan so'ng "Real"ga o'tmoqchi
29 avg 2021 07:26
Yangiliklar
Xoland PSJni rad etdi. U ham bir yildan so'ng "Real"ga o'tmoqchi
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland PSJga o'tmoqchi emas.
Parijliklar 21 yoshli forvardni "Real"ga ketishni xohlayotgan Kilian Mbappening o'rniga ko'rib chiqayotgan edi.
Ammo, norvegiyalik PSJni rad etdi va ushbu mavsumni "Borussiya" bilan o'tkazishga qaror qildi. U ham bir yil o'tib Madrid jamoasiga yo'l olmoqchi.
Xolandning "Borussiya" bilan shartnomasiga ko'ra, kelasi yil 75 million evrolik tovon puli kuchga kiradi.
Forvard ushbu mavsum Bundesliga doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe va MYU yarim himoyachisi Pol Pogbaning ham "Real"ga o'tishni xohlayotgani malum.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
ЕЧЛ. "Барселона" "Эл Класико"дан аввал "Олимпиакос"ни йирик ҳисобда таслим этди
Fikrlar