Xet-trikka erishgan hujumchi, mag'lub bo'lgan darvozabon, Rossiyadan qaytgan futbolchi va "Surxon" ustozi: Superligada 7-tur laureatlari
26 apr 2023 12:46
Yangiliklar
Xet-trikka erishgan hujumchi, mag'lub bo'lgan darvozabon, Rossiyadan qaytgan futbolchi va "Surxon" ustozi: Superligada 7-tur laureatlari
Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.
"Bunyodkor" posboni Suhrobjon Sultonov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
O'tgan turda ham eng yaxshi darvozabon bo'lgan Sultonov "Surxon"ga qarshi bahsda ham ko'plab seyvlar namoyish etdi. Garchi jamoasi mag'lub bo'lsa-da Sultonovni eng yaxshi deb topdik. SHunday qilib "Bunyodkor" darvozaboni bu mavsum uchinchi marta eng yaxshi posbon bo'ldi.

"Andijon" legioneri Rubin Xebay Championat.asia talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.
"Metallurg"ga qarshi bahsda 3ta gol urgan va bitta golli uzatma bergan Xebay jamoasining yirik g'alabasiga katta xissa qo'shdi. Yakunda "Andijon" 5:0 hisobida zafar quchdi va 11 yildan so'ng bitta o'yinda 5ta gol urdi.

"Navbahor" yarim himoyachisi Oston O'runovning "Turon" darvozasiga urgan goli Championat.asia talqiniga ko'ra 7-turning chiroyli goli (VIDEO) deb topildi.
Autdan tashlangan to'pni Abduholiqov O'runovga qulay tarzda uzatib yubordi, u yog'iga esa Oston tezkor reyd bilan jarima maydoniga kirib gol urishga erishdi.

Sergey Tokov Championat.asia talqiniga ko'ra 7-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.
Peshqadamlardan biri bo'lgan "Bunyodkor"ga qarshi bahsda "Surxon" 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. "Qaldirg'ochlar"ning mavsumda ilk bor maydonni boshlarini egik holda tark etishlariga sababchi bo'lgan Sergey Tokov boshchiligidagi murabbiylar shtabi eng yaxshi deb topildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar