So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Xayr, afsona! Luka Modrichning "Real"dan ketishi malum qilindi Yangiliklar

Xayr, afsona! Luka Modrichning "Real"dan ketishi malum qilindi

Teglar :  Real Luka Modrich
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin 39 yoshli Luka Modrich "Real"dan ketadi.

"Real"ning hurmatli muxlislari, o'sha vaqt keldi. Bu lahzani men umuman kelmasligini istagandim, biroq bu futbol, bunda boshlanish va uning tugashi doimo bor. Shanba kuni "Santyago Bernabeu"dagi so'nggi o'yinimni o'tkazaman. 

Dunyoning eng zo'r jamoasi libosini kiyish va katta muvaffaqiyatlarga erishish maqsadida 2012 yilda bu erga kelgandim, biroq barchasi bu darajada bo'lib ketishini bilmagandim. "Real"da o'ynash orqali men futbolchi va shaxs sifatida yashashni boshladim. Tarixdagi eng buyuk klubning bir qismi sifatida o'zimni his qila oldim.

Ushbu klubga, ayniqsa klub prezidenti Florentino Peresga, meni shug'ullantirgan murabbiylar, futbolchilar va barcha-barchaga chin dildan minnatdorlik bildiraman. O'tgan yillar davomida men juda ko'p ajoyib hissiyotlar, iloji yo'q deb aytilgan remontadalar, finallar, nishonlashlar va "Bernabeu"da sehrli kechalarni boshimdan o'tkazdim. Biz barcha sovrinlarni yutdik. Juda-juda xursandman.

Sovrinlardan tashqari men "Real" muxlislariga chin yurakdan bog'lanib qolganimni his qildim. To'g'risi, bu bog'liqlikni Siz muxlislarga qanday etkazishni ham bilmayman. Stadiondagi ovaciyani, ajoyib xatti-harakatlarni umuman unutib bo'lmaydi. Katta hissiyotlar bilan bu erni tark etyapman.  Garchi klublar o'rtasidagi jahon chempionatidan keyin bu klubni tark etsam-da, "Real"ning bir umrlik muxlisi bo'lib qolaman", - deb yozadi Modrich.

"Qaymoqranglilar" tarkibida Modrich barcha turnirlarda 590 o'yinda qatnashib, 43 gol va 95 assist qayd etdi. "Real" Modrich bilan birgalikda 6 marta ECHL bosh sovrini, 4 marta mamlakat chempionligi, 2 marta Ispaniya Kubogi va 5 marta Ispaniya Superkubogiga ega chiqdi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика