So’nggi yangiliklar

20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  18 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  35 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  17 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0

Xavi: “Super o'yin o'tkazdik” Yangiliklar

Xavi: “Super o'yin o'tkazdik”

Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan “Al Sadd” – “Sepaxon” (3:0) o'yinidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Qatar klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandez o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Tan olish kerak, birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmadi. Raqib jamoa hujumdagi yo'llarimizni to'liq yopib tashladi, himoyada bexato o'ynashdi. Eron klubi shubhasiz musobaqaning asosiy favoritlaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun tanaffusda aynan futbolchilar ruhiyati bilan ishlashga harakat qildim. 

Ikkinchi bo'limda bu esa o'zini oqladi. Akram Afifning golidan so'ng, o'yinimizda tub burilish kuzatildi. Bundan keyingi Hasan Al Haydosning ketma-ket urgan gollari o'yin taqdirini uzil-kesil hal qildi. Yaratgan vaziyatlarimizga yarasha natijaga erishdik deb o'ylayman. O'yinimizdan kelib chiqib aytishim mumkinki, musobaqadagi grand jamoalarga bemalol qarshilik ko'rsata olamiz”, - deydi Xavi. 

SHuningdek, anjumanning ikkinchi qismida “Sepaxon” ustozi Amir Galenoi ham o'yindan so'nggi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Albatta, raqibdan kuchli o'yin kutgandik, lekin hisob menimcha o'yinga mos bo'lmadi. Biz shunchaki vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Buning ustiga asosiy futbolchimiz Surush Rafiei kutilmaganda jarohat oldi va bu keyingi daqiqalarda biz uchun minusga ishladi. Asosiy vazifam taktikadagi har bir xato ustida ishlash va yo'qotishlarni to'ldirish”, - deydi 56 yoshli murabbiy. 

Eslatib o'tamiz, ushbu guruhdagi keyingi o'yinlar 3 mart sanasida bo'lib o'tadi. Unda “Al Sadd” o'z uyida “Al Ayn”ni, “Sepaxon” esa “Al Nassr”ni qabul qiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика