So’nggi yangiliklar

Xavi "SHaxtyor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Barselona" futbolchilari bilan 45 daqiqalik yig'ilish o'tkazdi Yangiliklar

Xavi "SHaxtyor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Barselona" futbolchilari bilan 45 daqiqalik yig'ilish o'tkazdi

Uchrashuvda bir necha futbolchilar o'z fikrlarini aytishdi.

"Barselona" klubi ECHL to'rtinchi turida kutilmaganda "SHaxtyor"ga mag'lub bo'ldi. Ushbu omadsiz natijadan keyin Xavi "Barsa" futbolchilari bilan 45 daqiqalik yig'ilish o'tkazdi. Bu haqda As nashri malum qildi.

Uchrashuvning boshida Xavi so'zga chiqdi. Murabbiy futbolchilarga g'urur va g'alabaga intilish haqida gapirdi. SHundan so'ng, murabbiy jamoa futbolchilariga so'z berdi va ulardan ochiq gapirishlarini iltimos qildi.

Ter SHtegen va Ronald Arauxo futbolchilar orasidan aktiv ravishda so'zga chiqishdi. Robert Levandovski va Ilkay Gyundogan ham o'z fikrlarini bildirishdi.

Umuman olganda, uchrashuv pozitiv tarzda kechdi. Barcha bir ovozdan hech narsa yo'qotilmagani, jamoa o'yinini yaxshilash kerakligi va xatolarni to'g'rilash iloji bor degan fikrga kelishdi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика