So’nggi yangiliklar

23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  0 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  3 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  1 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  1

Xavi Grasiya: "Nasaf"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishdan boshqa choramiz yo'q" Yangiliklar

Xavi Grasiya: "Nasaf"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishdan boshqa choramiz yo'q"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Sadd" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida qatarliklardan Xavi Grasiya va Yusuf Abdurishag qatnashdi.

O'yin haqida

Xavi Grasiya:


-"Nasaf"ga qarshi ikkinchi o'yinimiz. Hozirda barcha jamoalarga ochko kerak bo'lmoqda. Bu o'yin birinchisidan farq qilishiga umid qilaman. Bu gal oldingi safardagidek 9 o'yinchi bilan emas 11 o'yinchi bilan o'ynashni istaymiz. O'yin teng kurashlar ostida kechishiga aminman. "Nasaf" juda shakllangan, raqobatbardosh jamoa. Biz esa avvalgi o'yindagi xatolarni to'g'irlashimiz lozim. So'nggi o'yin OCHLdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi.

Yusuf Abdurishag:

-Albatta, bu o'yin biz uchun juda muhim. Avvalgi o'yinda ikki kishi kam bo'lib qoldik va kurashish juda qiyin bo'ldi. Bu safar esa uch ochko olishga harakat qilamiz. Asosiy maqsadimiz g'alaba qozonish. SHu orqali guruhda birinchi o'rinni egallashimiz mumkin bo'ladi.

-Barcha jamoalarga ochko kerak dedingiz. Ammo agar bu o'yinda mag'lub bo'lsangiz deyarli barcha narsa yoqotiladi. "Nasaf" esa guruhdagi himoyasi eng kuchli jamoalardan. SHu haqida gapirsangiz...

Xavi Grasiya:


- Aytganingizdek, "Nasaf"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishdan boshqa choramiz yo'q. Agar mag'lub bo'lsak, musobaqa biz uchun yakunlanadi. Birinchi o'yindagi tajribamizda kelib chiqib harakat qilamiz. O'ylaymanki, bu vazifani uddalaymiz. Bu safar o'tgan galgidek to'qqiz kishi bo'lib o'ynamaymiy deb o'ylayman. Ikki kishi kam bo'lib ham "Nasaf"ning hujumlariga dosh bera oldik. O'yin oxirida gol urishimiz ham mumkin edi. SHu sabab ham o'yinga tayyormiz deb ayta olaman.

-Futbolchilardagi hozirgi bosim musobaqa avvalidagisidan yuqoriroqmi?

Yusuf Abdurishag:

- To'g'risini aytsam, bu juda muhim o'yin bo'lganligi sabab biroz hayajon bor. Ammo biz o'z tajribamizga ishonamiz. Nima qilish kerakligini ham bilamiz. Maydonga chiqib, o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика