Xavi de Yongni markaziy himoyada o'ynatmoqchi
24 iyu 2022 22:58
Yangiliklar
Xavi de Yongni markaziy himoyada o'ynatmoqchi
Niderlandiyalik futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda. "Barsa" maosh jamg'armasini tushirish va transferdan pul ishlash uchun de Yong bilan xayrlashishga tayyor, hatto aniq takliflar ham bor. Lekin futbolchining o'zi ketishni istamayapti.
Eslatib o'tamiz, so'nggi ikki o'rtoqlik o'yinida - "Inter Mayami" (6:0) va "Real Madrid" (1:0)ga qarshi o'yinda Xavi de Yongni ikki marta markaziy himoyachi sifatida zaxiradan maydonga tushirgandi.
"Frenki markazda moslashtirilishi mumkin. Men uni futbolchi sifatida juda qadrlayman. Biz shaxsiy suhbat o'tkazdik, ammo tafsilotlarni oshkor qilmayman.
Qolaversa, klubning moliyaviy ahvoli va feyr-pley masalasi mavjud, ammo u markaziy himoyachi sifatida o'ynab, bizga ko'p narsa berishi mumkin. Biz markaziy yarim himoyachining markaziy himoyachi poziciyasida o'ynashini istaymiz va u buni juda yaxshi uddalaydi", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar