Xavi: "CHempionlar ligasiga qaytish uchun Evropa ligasida g'alaba qozonishga harakat qilishimiz lozim"
14 dek 2021 20:44
Yangiliklar
Xavi: "CHempionlar ligasiga qaytish uchun Evropa ligasida g'alaba qozonishga harakat qilishimiz lozim"
"Barselona" jamoasi ustozi Xavi Evropa ligasining 1/16 final bosqichiga tashlangan qura natijalari haqida gapirdi.
Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar CHempionlar ligasi guruh bosqichida "Bavariya" va "Benfika"dan ortda qolib, uchinchi o'rinni egalladi. SHu tariqa, “Barselona” o'z yurishini Evropa ligasida davom ettiradi, uning 1/16 finaldagi raqibi Italiyaning "Napoli" klubi bo'ladi.
“Omadimiz kelmadi. Biz eng yuqori saviyada kurash olib borishimiz kerak, chunki "Napoli" CHempionlar ligasi darajasidagi raqib. Ammo oldinda hali ikki oy bor va umid qilamanki, "Barsa" hozirgidan yaxshiroq o'ynaydi. Achinarli haqiqat shundaki, biz CHempionlar ligasiga qaytish uchun Evropa ligasida g'alaba qozonishga harakat qilishimiz lozim", – dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar