Xavi: "Barselona" ECHLdan chiqib ketsa, Evropa Ligasida g'oliblik uchun kurashadi"
25 okt 2022 20:15
Yangiliklar
Xavi: "Barselona" ECHLdan chiqib ketsa, Evropa Ligasida g'oliblik uchun kurashadi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi CHempionlar Ligasi uchrashuvlaridan oldin fikrlarini bildirdi.
"Biz bu musobaqadagi yurishimizni davom ettirmoqchimiz. Ammo bu amalga oshmasa, Evropa Ligasida g'oliblik uchun kurashamiz. Bizning xarakterimiz zaiflashmasligi kerak. "Klassiko"da yutqazib qo'yganimizdan so'ng, "Vilyareal", "Atletik" kabi jamoalarga qarshi yaxshi harakat qildik. Agarda pley-offga chiqa olmasak, o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmasligimiz lozim. "Bavariya" kabi jamoalar bilan raqobatlashish va yuta olishimizni ko'rsatishimiz zarur" - deydi Xavi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Evropa Ligasiga tushib ketishga yaqin turibdi. Agarda "Inter" 5-turda "Viktoriya Plzen" jamoasini mag'lubiyatga uchratsa, yuqoridagi holat sodir bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar