So’nggi yangiliklar

00:20АПЛ. "Манчестер Юнайтед" – "Ньюкасл", "Брайтон" – "Челси" (онлайн ҳисоб)  0 00:06Тони Кроос де Лигтнинг голида ҳакам хато қилганини айтди  8 23:33Италия кубоги финали! "Аталанта" – "Ювентус". Бошланғич таркиблар аниқ  0 23:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" – "Ньюкасл". Асосий таркиблар аниқ!  3 23:05АПЛ. "Брайтон" – "Челси". Таркиблар аниқ!  4 22:59Ла Лига мавсумнинг энг яхши ёш ўйинчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  6 22:36АПЛда янги мавсумдан ВАР бекор қилиниши мумкин!  8 22:00Россия кубоги ярим финали! "Зенит" – ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибдами?  15 21:53"Ювентус" янги бош мураббий билан келишиб қўйди  3 21:21Жейми Каррагер: "Ортега "Сити"ни чемпион қилди"  7 20:57Ла Лигада мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар эълон қилинди. Хави улар орасида йўқ  6 20:40Танга ташлаш орқали финалчи аниқланган ҳамда ҳал қилувчи ўйини қайта ўтказилган Европа чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  1 20:19"Футбол олами". "Нефтчи" - "Андижон" 2:2, "Навбаҳор"да ғалаба ва 7-турнинг қолган ўйинлари ҳақида  0 20:07Беллингем, Винисиус, Левандовски, Гризманн... Ла Лигада ким энг яхши бўлади?  17 19:52ОКМКда тарихий ғалаба, водий дербисидаги мухлислар рекорди - Суперлиганинг 7-туридан 20 та факт  4

Xarita va globusga kiritilmagan orzuning zafarli yo'li Yangiliklar

Xarita va globusga kiritilmagan orzuning zafarli yo'li

Odamlar doim xarita orqali yo'l qidiradilar.

Hattoki, kichik-kichik tor ko'chalarga xarita orqali kirib boradilar. Lekin bu yo'lning qandayligi, u erga nima bizni etaklashi dunyo xaritasida yozib qo'yilmagandi.  U yo'lning nomi - Olimpiada. Bunga faqat to'g'ri mehnat, sabr, matonat bilan etishish mumkin edi. 2019 yilning dekabr oyida Timur Kapadze katta karvonni qo'lga oldi. Yo'l hali uzoq, bunda bir qancha to'siqlar turgandi. Timur Kapadzeda yillar o'tgani sayin dovonlarni ortda qoldirdi. 

2019 yil. "Lokomotiv" o'rinbosarlari bilan birinchi davradan so'ng chempionlik va "Qo'qon-1912"ni Superligada olib qolish missiyasi

2019 yilda "Lokomotiv" o'rinbosarlarini qabul qilib olgan mutaxassis debyut mavsumidayoq natija ko'rsatishga erishdi. SHu kungacha yosh "temiryo'lchilar" hech qachon turnir jadvalida birinchi pog'onada bo'lmagan.  "Lokomotiv" yoshlari o'sha mavsumni yakunida Rifat Akramxo'jaev qo'l ostida tugatgan bo'lsada, mazkur muvaffaqiyatda poydevorni qo'yib bergan inson Timur Kapadze bo'ldi, deya olamiz. Bu paytga kelib Superligada kurash qiziyotgan, "Qo'qon-1912" esa jon saqlash yo'lida juda qiyin ahvolga tushib qolgandi. Ikkinchi davrada Qo'qonga yo'l olgan Kapadze qisqa fursatda garchi norasmiy maqomda ishlagan bo'lsada, bosh murabbiy Aziz To'xtaboev bilan o'yinni to'g'ri yo'lga qo'yishga erishdi va yakunda "shunqorlar" Superligada qolish vazifasini uddaladi. Fakt, "Qo'qon-1912" birinchi davradan so'ng 13ta o'yin, 1ta g'alaba, 5ta durang, 7ta mag'lubiyat, 8 ochko oxirgi o'rinda ketayotgandi. Ikkinchi davrada 13ta o'yin, 5ta g'alaba, 3ta durang, 5ta mag'lubiyat 18 ochko, 11 o'rin bilan Superligada qolishga erishdi. Xaloskor rolida yana Timur Kapadze

2020 yil. "Lokomotiv" bilan takrorlangan scenariy yoxud Kapadze yana "qutqaruv"chi

SHu kungacha yuqori o'rinlarni zabt etib kelgan, chempionlik unvonini himoya qilishga harakat qilayotgan "Lokomotiv" o'tgan yili murakkab vaziyatga tushib qoldi. Bu natijalarda, futbolchilarning kayfiyati va o'yinida aks etardi. Ayniqsa "Paxtakor" (0:7), "Nasaf" (0:4) jamoalaridan uchralgan mag'lubiyatlar tom manoda ishtiyoqni so'ndirdi. Klub esa "qutqaruv"chi roliga o'zi uchun begona bo'lmagan Kapadzeni taklif qildi. Qisqa fursatda o'yin yaxshi tomonga o'zgardi va natijalar ham chakki ko'rinish olmadi. Fakt, ikkinchi davrada 13ta o'yin, 6ta g'alaba, 5ta durang, 2ta mag'lubiyat, to'plar nisbati 15-10, 23 ochko. Ikkinchi davrada ochko to'plash borasida "Paxtakor", "Nasaf"dan so'ng uchinchi o'rinda. Birinchi davrada 13ta o'yin, 4ta g'alaba, 9ta mag'lubiyat, to'plar nisbati 13-28, 12 ochko. Solishtirishingiz mumkin. 

2021 yil. "Olimpik" bilan Superliga sari 

"Olimpik" jamoasi nega kerak, degan savolga Timur Kapadze kecha matbuot anjumanida ajoyib tarzda javob qaytardi. "Agar klublarda hamma sharoitlar bo'lganida "Olimpik"ni keragi bo'lmas edi". Darhaqiqat hamma jamoalarda ham o'rinbosarlar va yoshlarga etibor etarli emas. Yaratib berilayotgan sharoitga ortiqcha to'xtalmaymiz, kundek ravshan. Kapadze o'z klubida asosiy tarkibga kira olmayotgan futbolchilardan yaxlit jamoa tuzdi va buning natijasi shu yildayoq ko'zga tashlandi. Fakt, "Olimpik" Pro ligada "Neftchi", "Dinamo", "Nurafshon", "SHo'rtan" kabi jamoalarni yutdi. O'tish o'yinida "Mashal"dan ustun keldi. Ko'ryapsizmi? Mahorat, degan tushunchani mag'zini chaqdingiz, deb o'ylayman. Fakt, "Olimpik"ning o'rtacha yoshi 20,1 tashkil qilmoqda. Superligaga yo'llanma olgan "Neftchi" 27,8, "Dinamo" 25,8 hisoblanadi. Kecha mag'lub etilgan "Mashal"da o'rtacha yosh 26,5. 

2022 yil. Osiyo kubogidagi alam ko'z yoshlari

O'sha yili O'zbekiston U-23 toifasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qildi. Bu paytga kelib Kapadze qo'l ostidagi yigitlar 20 yoshga to'lgan, ular uchun bu debyut qita turniri hisoblanardi. Turnirga esa aksariyat jamoalar 1999-2000 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan tashrif buyurgandi. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan yoshlarimiz chorak finalda Iroqni penaltilar seriyasida taslim qilishdi. Vaholanki, shu kuni yigitlar bir kishi kam bo'lib to'p tepgandi. Yarim finalda musobaqa favoriti Yaponiya uyiga jo'natildi (2:0). Finalda esa kuchli Saudiya Arabistoniga engilishdi (0:2). Lekin ular shu musobaqadayoq keyingi turnirda olimpiada masalasini hal qila olishligiga ishontirishdi deya olamiz.  Alam ko'z yoshlari o'rnini  quvonch  ko'z yoshlari egallashi kerak edi. 

2023 yil. Xirosima ertagi takrorlanmadi lekin yangi tarix yaratildi 

Biz doim bitta ertak bilan yashaymiz. Boshqa xalqlar har musobaqada yangi hikoya yozishsa, bizda aksincha. 1994 yil Xirosima yashil maydonlarida qo'lga kiritilgan yutuq bilan yana ovunamizmi degan pallamizda Kapadze va uning shogirdlari katta sahnaga chiqib keldi. Xanchjou mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida yarim finalgacha borgan vakillarimiz uchinchi o'rinda turnirni yakunlashdi. Qiziq holat, bu yo'lda ham bizga "sahro lochinlari" to'g'anoq bo'lishga urindi. O'zbekiston tarixda ilk bor Osiyo o'yinlarida bronza medallarini qo'lga kiritdi, 29 yildan so'ng sovrindorga aylandi. 

2024 yil. Orzuning zafarli yo'li va ajoyib yakun

Har qanday ibtidoning intihosi bo'lgani kabi Kapadze boshlagan ishiga muvaffaqiyatli yakun qo'yadigan payt kelgandi. Yuqorida yangi ertak yoza olmasligimizni aytdim. Qatar maydonlarida esa biz bu ishni bir marotaba uddalaganmiz (2011 yil, Osiyo kubogi yarim final). Olimpiada tomon yo'l esa yana Qatardan boshlanardi. Timur Kapadze shu paytgacha qaerda ishlamasin oldiga qo'yilgan missiyani bajarib kelayotgandi. Olimpiadaga chipta qo'lga kiritilishi esa yuqoridagi harakatlarning cho'qqisi bo'lib xizmat qildi. Tarkibda kuchli yigitlar jamlangandi. Bunga shubhamiz yo'q. Avvalgi musobaqalarda nima etishmagan bilasizmi? O'sha vaqtlarda ham tarkibimiz chakki ko'rinmagan. Lekin murabbiy yo'q edi. Bu safar oltin avlodga, yangicha qarashlarga ega oltin murabbiy ustozlik qildi. Bu safar olimpiadaga chiqish uchun hamma narsa etarli bo'ldi. 


Parijda ko'rishguncha!

Reyting: +11   

Fikrlar

   
01 may 11:56:09
Isroiljonn Kasimov
Агар,насиб қилиб(ин шаа Аллох)миллий терма жамоамиз ҳам ЖЧ2026га шу таркиб асос бўлиши керак деб ўйлайман
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика