Xames: "Vijdonim toza"
17 jan 2018 11:41
Yangiliklar
Xames: "Vijdonim toza"
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning fikricha, u "Real"da mashg'ulotlarga jiddiy etibor qaratmagani haqidagi mish-mish yolg'on edi.
Futbolchining transfer huquqi "Real"ga tegishli, biroq u ijara asosida "Bavariya" sharafini himoya qilmoqda.
"Real" bosh murabbiyi bilan bir-birimizni yaxshi tushundikmi, yo'qmi, bilmayman. U menga adolatli bo'ldi yoki bo'lmadi ham deya olmayman, biroq har bir murabbiyning o'z istagi bo'ladi. Zidan mening kumirim bo'lgan. "Real"dan ketishim og'ir va alamli bo'ldi, bu klub doimo orzuim bo'lgan. "Real"da yaxshi shug'ullanmaganim haqidagi gaplarga qo'shila olmayman. Aksincha, ikki baravar ko'p ishlaganman. Doimo yaxshi darajada bo'lishni istayman va vijdonim toza. Maydonga chiqqanimda, bor kuchimni ishga solardim" - deydi futbolchi.
O’xshash yangiliklar
09:30
U o'z davrining eng yaxshi yarim himoyachisi Zidan faoliyatidagi eng qiyin raqib nomini aytdi 7
Fikrlar