So’nggi yangiliklar

14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  2 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  10 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6

Voyneski: "Menimcha, uchrashuv hakami bugungi o'yinga mos saviyada emasdi" Yangiliklar

Voyneski: "Menimcha, uchrashuv hakami bugungi o'yinga mos saviyada emasdi"

Superliganing 6-turi doirasidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Slavche Voyneski o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




O'yin haqida

- Saudiya Arabistoni o'tkazilgan OCHLdan qaytib kelganimizdan 3-4 kun o'tgach, maydonga tushish qiyin. SHunga qarmasdan, o'yinni yaxshi ruhda boshladik. To'pni o'zimizda nazorat qildik. Raqib jamoa esa bir ochko qo'lga kiritish uchun tashrif buyurgani sezilib qoldi. Ular himoyaviy o'yin namoyish etishdi. Biz ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Bu borada ishlashimiz kerak. Menimcha, uchrashuv hakami bugungi o'yinga mos saviyada emasdi. Penalti bilan bog'liq vaziyatda ham o'yinni yuqoridan tomosha qilgan yordamchim penalti bo'lgani haqida gapirdi, lekin hali o'zim ko'rib chiqmadim. O'z navbatida, barchani Ramazon Hayiti bilan tabriklayman. Bayram bo'lishiga qaramay, sizlar bugun ham ishdasizlar, buni hurmat qilaman. 

- Hakamlik borasida murojaat bilan chiqiladimi?

- Birinchi navbatda, o'yinni ko'rib chiqishimiz kerak. Agar biz o'ylagan holatlar kuzatilsa, tegishli tashkilotga murojaat qilamiz. Lekin men natija uchun dod-voy qiladigan murabbiy emasman. Ilk navbatda, o'z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz lozim. Dastavval o'z xatolarimizni tahlil qilamiz, so'ngra boshqa vaziyatlarni ko'zdan kechiramiz. 

- Ayni paytda "Paxtakor"ning asosiy muammosi nimada?

- Hozirda vaziyatlardan unumli foydalanish borasida muammolarimiz talaygina. Masalan, OCHLda Erkinovda bir qancha imkoniyatlar yuzaga kelib, undan foydalana olmagandi. U endigina 20 yoshni qarshi oldi, ehtimol, 25 ga kirganda, ko'zi yumuq holda ham vaziyatlardan foydalanishi mumkin. Lekin kerakli darajaga chiqquncha kutishga to'g'ri keladi. 

- O'zbekistondagi shu kungacha bo'lgan faoliyatingiz davomida eng kuchsiz nuqta sifatida hujumchilarni ko'rsata olasizmi?

- Goleador hujumchilarni shakllantirish uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblanadi. Agar xorijdan jalb etish kerak bo'lsa, yuqori saviyali hujumchi olib kelish kerak. SHundagina mahalliy yoshlar undan o'rnak olgan holda o'yin jihatdan o'sib borishi mumkin. Biroq etarli saviyadagi legioner bo'lmasa, undan nimadir o'rganish qiyin. 

Reyting: -33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика