So’nggi yangiliklar

01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  3 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  25 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  1 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  2 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  46 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  18 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0

"Voha futboli". Eldor Suyunov kecha Noyerga "muxlislik" qildi Yangiliklar

"Voha futboli". Eldor Suyunov kecha Noyerga "muxlislik" qildi

Voha klublari hayotidagi xabarlar bilan tanishing.
"Mashal": Qashqadaryo ikkinchi ligasida ikki jamoamiz ishtirok etadi

Qashqadaryodagi ikkinchi liga bahslari ham start oldi. Ushbu mavsumda viloyat chempionatida "Mashal"ning ikki jamoasi ishtirok etadi. Ikkinchi liga ikki guruhga bo'lingan holda guruh bahslarini o'tkazadi. "Mashal"ning "Mashal-A" va "Mashal-3" jamoalari "A" guruhida o'yinlarini olib boradi.

"A" guruhida "Mashal"ning ikki jamoasidan tashqari "Alanga-2", "Nuriston", "Olimpiya", "Binokor", "SHo'rtan-99", "SHo'rtan-FM", "Nasaf-99", "Nasaf-FM" ham ishtirok etadi.
"Mashal-A" jamoasini Mikola Lapa boshqarib borsa, "Mashal-3" jamoasining bosh murabbiyi Baxtiyor Sattorov bo'ladi.



"SHo'rtan": Rustam Azamov Moskvadan qaytib keldi

G'uzorning "SHo'rtan" klubi oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Olmaliq" klubiga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Muxtor Qurbonov boshchiligidagi jamoa seshanba kundan boshlab G'uzorda mashg'ulotlarga kirishdi. Tarkibda faqat Rustam Azamov jarohat olgan. Kuni kecha himoyachi Moskvada jarrohlik amaliyotini o'tab qaytib keldi. Azamov birinchi davra oxirlarida yakka tartibda shug'ullanishni boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, "SHo'rtan" - "Olmaliq" uchrashuvi 10 may kuni soat 17:30da boshlanadi.



"Nasaf": Eldor Suyunov kecha "Barselona" - "Bavariya" uchrashuvini do'stlari bilan tomosha qildi


Qarshining "Nasaf" klubi darvozaboni Eldor Suyunov kecha Evropa chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi "Barselona" - "Bavariya" o'yinini sinfdosh do'stlari bilan tomosha qildi. Eldor hech qaysi klubga muxlislik qilmadi. U asosan Myunxen klubi posboni Manuel Noyerning harakatlarini kuzatdi.


"Voha futboli" klublar matbuot xizmati yordamida har kuni berib boriladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика