So’nggi yangiliklar

07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  0 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  4 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  19 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  2 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  8

Vodiy futboli: Fyodorovning fikrlari va Golban Sochiga ketdi Yangiliklar

Vodiy futboli: Fyodorovning fikrlari va Golban Sochiga ketdi

Vodiy klublari oliy ligada yuzaga kelgan tanaffus tufayli xordiq chiqarishmoqda.

"Neftchi": Andrey Fyodorov: "O'zbek futbolining asosiy muammosi bitta"

Farg'onaning "Neftchi" klubi murabbiyi Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi.

"Men ikki yildan buyon "Neftchi" jamoasi bilan birgaman.  Hozirgi futbolchilarga barqarorlik etishmayapdi.  "Neftchi"ning bugungi  holatiga ham aynan mana shu narsa sababchi. Tarkibni bir maromda saqlab turish kerak.  Bu nima degan gap. Bir yilda sakkizta futbolchimiz asosiy tarkibdan yangilandi.  

Futbolda tez-tez yangilanish bilan jamoani bir maromda ushlab turish juda ham qiyin. Yigitlarni jamoaga ko'nikishi va bir birini tushinishi ham qiyin kechadi. Qolaversa bunday vaziyatda biz murabbiylar maqsadlarimizni va o'ylaganlarimizni ularni ongiga singdira olmaymiz.  Bu butun o'zbek futbolini muammosi.  Afsuski hozir bizni futbol shunday ahvolda. Hamma futbolchi bir yilga yoki yarim yilga shartnoma imzolaydi.  Yanagi yilda esa yana boshqa jamoaga ko'chib ketaveradi.  Biz o'ynagan vaqtda barqarorlik, vatanparvarlik, sodiqlik degan narsalar bor edi. Bir jamoada besh-olti yil birga o'ynab borar edi.  

Hamma bir-biri bilan do'st, aka-uka bo'lardi. Butun jamoa bugun murabbiy nimani istayotganini, uning qarashini bilib olsa bo'ladigan darajaga etib borar edik.  Murabbiylarni ko'rsatmalarini esa so'zsiz tushinib borar edik.  Hozir unaqa futbolchini topishni o'zi bo'lmayapti"


"Qo'qon-1912": Igor Golban Sochiga ketdi


“Qo'qon-1912” jamoasining rossiyalik legoineri Igor Golban chempionatimizda yuzaga kelgan kichik tanaffusdan unumli foydalanib, klub rahbariyatidan uyiga borib kelish uchun ruxsat so'radi va kecha Sochiga jo'nab ketdi. Igor Golban jamoa ixtiyoriga 2 sentyabr kuni etib keladi.  

Oldin xabar berib o'tganimizdek, jamoamiz azolari 30 avgustdan 4 sentyabrga qadar Toshkentda kichik yig'in tashkil etadi. Bu yig'in doirasida futbolchilarimiz O'zbekiston – Yaman uchrashuvini bevosita stadionda kurish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика