So’nggi yangiliklar

19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  0 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  6 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1

Vodiy futboli. 21-tur oldidan malumotlar Yangiliklar

Vodiy futboli. 21-tur oldidan malumotlar

11 va 12 sentyabr kuni oliy ligamizda 21-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

"Qo'qon-1912": "Mashal"ni 5 marta mag'lub etganmiz

“Qo'qon-1912” va “Mashal” oliy ligada 7 bora to'qnash kelishgan. Natijalar voha klubining ustunligini ko'rsatmoqda. “Mashal” ushbu raqibni 5 marta mag'lub etgan. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. “Qo'qon-1912” hisobida bitta g'alaba mavjud. 

“Qo'qon-1912” maydonida bo'lib o'tgan 3ta o'yinning bittasida mezbonlarning qo'li baland kelgan. Bir uchrashuvda durang qayd etilgan. Bir bor Muborak klubi safardan g'alaba bilan qaytgan.  


"Navbahor": “Lochinlar” oxirgi uch yilda Samarqandda g'alaba qozona olishmagan

“Dinamo” va “Navbahor” oliy ligada 43 bora to'qnash kelishgan. Natijalar vodiy klubi ustunligini ko'rsatmoqda. “Lochinlar” 23ta o'yinda g'olib bo'lishgan, 8ta o'yin durang hisobida yakunlangan. 

“Navbahor” Samarqandda 7 marta g'alaba qozongan. 12ta uchrashuvda “Dinamo” muvaffaqiyatga erishgan. Qolgan ikki bahsda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan. “Lochinlar” oxirgi uch yilda Samarqandda g'alaba qozona olishmagan. 


"Neftchi": Safarda “So'g'diyona”ni 9 bor mag'lub etib qaytgan 

“So'g'diyona” hamda “Neftchi” oliy ligada 39 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 26tasida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan, 5ta o'yinda “So'g'diyona” g'alabani tantana qilgan. O'zaro o'yinlarda 8 marta durang natijasi qayd etilgan. 

“So'g'diyona” o'z maydonida bu raqibni 4 marta mag'lub etgan. Besh marta durang qayd etilgan. “Neftchi” safarda “So'g'diyona”ni 9 bor mag'lub etib qaytgan. 


"Andijon" o'z maydonidagi oxirgi 8ta o'yinda “Qizilqum”ni 8 bor mag'lub etgan

“Andijon” va “Qizilqum” oliy ligada jami 27 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Qizilqum”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Navoiyliklar 14 ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. 11 uchrashuvda esa “Andijon” zafar quchgan. 

“Andijon” o'z maydonida “Qizilqum”ni 10 bor mag'lub etgan. Bitta uchrashuvda durang qayd etilgan. Qolgan 2 uchrashuvda Navoiy klubi safarda g'alabaga erishgan. Vodiyda o'tgan oxirgi 8ta o'yinda “burgutlar” 8 bor zafar quchishgan. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика