So’nggi yangiliklar

08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  2 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  1 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  0 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  15 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  8 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  43 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  69 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  121 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1040 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  17 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11 19:52CAFA Nations Cup турнирида сенсация! Ҳиндистон пенальтилар сериясига кўра Ўмондан устун келиб, 3-ўринни қўлга киритди!  16

"Vodiy futboli": "Neftchi" qora ananaga barham beradimi? Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Neftchi" qora ananaga barham beradimi?

Vodiy klublari 15-turga tayyorgarlikni boshlashdi.
"Andijon": Tayyorgarlik bugundan boshlanadi

Juma kuni “Dinamo” klubiga qarshi bo'lgan o'yindan so'ng Edgar Gess futbolchilarga bir kunlik dam berdi. Bugun kunning ikkinchi yarmidan jamoamiz yana o'z qarorgohiga yig'iladi.

Xabaringiz bor, 1 iyul kuni “Andijon” birinchi davraning so'nggi turida o'z maydonida “Paxtakor”ni qabul qiladi. Mana shu o'yinga jamoamiz tayyorgarlikni bugundan boshlaydi. SHuni aytib o'tish kerakki, diskvalifikiciyaga uchragan futbolchilarimiz Ibrohim Otaxonov bilan Sanjar Asqaraliev “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushishlari mumkin. CHunki ular beshtadan o'yinni o'tkazib bo'lishdi.


"Neftchi": Oxirgi 6 yilda "Qizilqum"ga safarda 6 marta mag'lub bo'lganmiz


Farg'onaning "Neftchi" klubi 15-turni Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.

Etiborlisi oxirgi olti o'yinda “Qizilqum” o'z uyida "Neftchi" ustidan faqat g'alaba qozongan. Ko'ramiz 1 iyul kungi o'yinda farg'onaliklar o'zlari uchun qora ananaga barham berisharmikin.


"Navbahor": Ulug'bek Baqoev "Lokomotiv"ga qarshi o'ynay olmaydi

Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 15-turini Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.

Ushbu o'yinda "lochinlar" hujumchisi Ulug'bek Baqoev ishtirok eta olmaydi. Sababi futbolchining ogohlantirishlari soni 8taga etdi.


"Qo'qon-1912": Bugun "Bunyodkor"ga qarshi tayyorgarlik boshlanadi

"Qo'qon-1912" jamoasi bir kunlik dam olishdan so'ng bugun navbatdagi tur o'yiniga tayyorgarlikni boshlaydi.

Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa 1 iyulda o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика