So’nggi yangiliklar

16:37CAFA Nations Cup. Ўмон – Ҳиндистон. Таркиблар маълум  0 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  2 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  9 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  6

"Vodiy futboli": "Navbahor" posboni jarohat oldi Yangiliklar

"Vodiy futboli": "Navbahor" posboni jarohat oldi

Vodiy klublari bugun yoshlar ligasidagi 14-tur o'yinlarini o'tkazishadi.
"Neftchi": Bugun yoshlarimiz "Buxoro" bilan o'ynashadi

Bugun Farg'onaning "Neftchi" klubi yoshlari 14-tur doirasida "Buxoro"ga qarshi o'ynaydi.

"Neftchi" yoshlari 13ta turdan so'ng 13 ochko to'plab musobaqa jadvalining 13-pog'onasida borishmoqda. Bahrom Haydarov boshchiligidagi yoshlar bugungi bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rishdi va g'alabadan boshqa natija haqida o'ylashmayapti.

Eslatib o'tamiz, "Neftchi" va "Buxoro" yoshlari o'rtasidagi uchrashuv bugun Qirguli stadionida soat 18:00da boshlanadi.


"Qo'qon-1912": Jamoamiz Jizzaxga etib bordi

Bugun tongda "Qo'qon-1912" jamoasi navbatdagi o'yinni o'tkazish uchun Jizzaxga yo'l oldi.

Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa ertaga "So'g'diyona"ga qarshi o'ynaydi.

Bugun bu ikki jamoaning yoshlari G'allaorolda 14-tur uchrashuvini o'tkazishadi. Bahs soat 18:00da boshlanadi.


"Navbahor": Asosiy posbonimiz bir oyga safdan chiqdi

Namanganing "Navbahor" klubi darvozaboni Aleksandr Melenchuk jarohat tufayli 4 hafta davomida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Legioner posbon "Qizilqum" bilan bahsning birinchi bo'limida jarohat olib maydonni tark etgandi. Melenchuk ikkinchi davradan boshlab jamoa o'yinlarida maydonga tushishi kutilmoqda.


"Andijon": "Andijon" Samarqandda

Kecha tunda "Andijon" jamoasi Samarqand shahriga etib kelib "Registon" mehmonxonasiga joylashdi. 14-tur uchrashuvini jamoa Samarqandda "Dinamo"ga qarshi o'tkazadi. Bugun jamoa kechki payt Samarqanddagi ilk mashg'ulotini o'tkazadi. Ibrohim Otaxonov bilan Sanjar Asqaraliev bu uchrashuvni ham o'tkazib yuborishadi. SHuningdek Asqar Jadigerovda ham kichik jarohat bor va maydonga tusha olmaydi.

Bugun "Andijon" va "Dinamo" jamoalari yoshlari o'rtasidagi bahs soat 18:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика