So’nggi yangiliklar

17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  1 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  0 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  92 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  100

Vlado Radmanovich: "Bugun ikki xil taym ko'rdik. Ikkinchi bo'limda imkoniyatlarimizdan foydalandik va g'alaba qozondik" Yangiliklar

Vlado Radmanovich: "Bugun ikki xil taym ko'rdik. Ikkinchi bo'limda imkoniyatlarimizdan foydalandik va g'alaba qozondik"

"CAFA Nation's Cup-2023" musobaqasi doirasidagi Turkmaniston – O'zbekiston uchrashuvidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida qatnashdi.

- Janob murabbiy, bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Bosh murabbiyimiz Srechko Katanec oilaviy muammolarga ko'ra uyiga jo'nab ketdi. O'yinga keladigan bo'lsak, bugun ikki xil taym ko'rdik. Birinchi taymda biroz qiynaldik, ikkinchi taymda esa imkoniyatlarimizdan foydalandik va g'alaba qozondik.

- Eldor SHomurodovning bugungi uchrashuv borasidagi fikrlari qanday?

- Murabbiyimiz aytib o'tganidek, bugun ikki xil o'yin namoyish etdik. Birinchi bo'limda agressivroq o'ynashimiz kerak edi. Ikkinchi taymda esa o'yinimizni ancha yaxshilab oldik va ikkita gol urib g'alaba qozondik.

- Janob Radmanovich, bugungi uchrashuvda 70-daqiqadan so'ng charchoq holati sezildi. Katanec aytib o'tganidek, bizning asosiy muammomiz bu jismoniy holatimiz. Buni to'g'rilash uchun nimalar qilishimiz kerak?

- Sizga savolim bor, siz futbol o'ynaganmisiz. Futbol o'ynagan bo'lsangiz, siz ushbu holatni juda yaxshi tushunasiz. Bunday musobaqalarda, qisqa vaqt ichida 3-4 uchrashuv o'tkazishimiz kerak bo'ladi. Qayta tiklanish har doim qiyin kechadi. Havo ham bizga ancha qiyinchilik tug'dirmoqda. Bunday issiqda nafas olish ham qiyin. SHu sababdan, biz ko'p o'yinchilarni almashtirdik va shunday sharoitga moslashgan holda tarkib va uslub tanladik.

- Husanovning o'yiniga baho berib o'tsangiz?

- Biz Husanovni ancha vaqtdan beri kuzatib boramiz. Abduqodir o'zbek futbolining kelajagi. U hali juda yosh va juda mahoratli. Mening fikrimcha, u hali terma jamoaga ko'p yordam beradi. Fayzullaev ham juda iqtidorli va kelajagi porloq. Keyingi uchrashuvlarda Fayzullaevga imkoniyat beramiz va u o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatishiga ishonaman. Biz U-20 terma jamoasidan ko'p futbolchilarni kuzatib bormoqdamiz, lekin ularning barchasini ham terma jamoaga jalb etishga imkoniyatimiz yo'q.

- Eldor, bugun "dubl" qayd etib, O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandingiz. Tarixiy natija qayd etganingizdan so'ng, hissiyotlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Tarixiy natijaga erishish har doim yoqimli. Ko'p marotaba aytib o'tganimdek, asosiy maqsadim jamoaga foyda keltirish. Keyingi uchrashuvlarda ham jamoamga ko'proq yordam berishga harakat qilaman.

- Eldor, keyingi bosqich yo'llanmasini hal etib bo'lindi. Keyingi uchrashuv qanday tayyorgarlik ko'rasizlar?

- Keyingi uchrashuvda qanday tarkib bo'lishini murabbiylar hal qiladi. Keyingi bosqichga yo'l olganimizga qaramay, guruh bosqichida yana bitta o'yin bor. Tojikiston bilan bo'ladigan o'yin orqali Eronga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Terma jamoaga qo'shilish muammo tug'dirmadimi, sababi siz chet elda faoliyat olib borasiz va ushbu yig'inga ko'p yangi futbolchilar jalb etildi.

- Yigitlar bilan ancha vaqtdan beri birga o'ynab kelmoqdamiz. Birinchi taymda biroz tushunmovchiliklar bo'ldi, lekin ikkinchi taymda hammasi joyiga tushdi. Bunday holatlar bo'lib turadi, sababi har doim bir tarkib bilan o'ynashning iloji yo'q. O'yinchilar almashib, rotaciyaga qo'l urib ham turish kerak, sababi oldinda Osiyo kubogi bor.

- Bugun tarkibda va o'yin davomida ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Bugungi qarorlarni siz qabul qildingizmi yoki Katanec?

- Qarorlarni birga qabul qildik.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика