So’nggi yangiliklar

08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  1 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  3 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  5 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  42 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104

Vladislav Xan: "Biz uchun mavsum yomon boshlanmadi" Yangiliklar

Vladislav Xan: "Biz uchun mavsum yomon boshlanmadi"

O'zbekiston superkubogi javob uchrashuvidan keyin “Geolog” stadioni anjumanlar zalida har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Sevinch” jamoasi bosh murabbiyi Vladislav Xan ishtirok etdi.
Vladislav Xan:

- Mavsum biz uchun yomon boshlanmadi. Safardagi ishonchli g'alaba bugungi o'yinimizni bayramona o'tkazishimiz uchun etarli edi. CHiroyli futbol ko'rdik: jangovor, hujumkor. Rostini aytsam, bugun biz hisob uchun o'ynadik. O'rtadagi farqni saqlab qolgan holda yakunda bosh sovrinni qo'lga kiritdik. Bekobodda yaxshi jamoa shakllanganiga guvoh bo'ldik. O'ylaymanki, ular chempionatda bundan ham chiroyliroq o'yin ko'rsatishadi.

- Iqtidorli va yosh hujumchi Nilufar Qudratovani almashtirishingizga nima turtki bo'ldi?

- Maydon markazida raqib futbolchilari yaxshi o'ynashdi. To'g'risi tavakkal qilishni hohlamadik. Nilufar esa maydon markazidagi yakka kurashlarda imkoniyatni boy beraverdi. SHu sabab almashtirdik. U hali yosh. Tajribaliroq futbolchilarga imkon berdik.

- “Andijanka” bilan “Metallurg”ni solishtirganda qaysi jamoa sizga ko'proq xavf soladi?

- “Andijanka” o'z ananasi, tarixiga ega bo'lgan jamoa. Kuchsizlangandek ko'rinsa-da, har qanday vaqtda raqibga nisbatan tajovuzkor o'yin namoyish etishi mumkin. Lekin biz ancha yillardan beri doim mag'lub etib kelmoqdamiz. “Metallurg” esa yosh jamoa hisoblanadi. Agar jamoa o'z o'yinlarini bir maromda ushlab turishni uddalasa kelajakda yaxshi jamoa bo'lib shakllanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика