So’nggi yangiliklar

22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  1 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   65 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  1 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  69 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  1 20:21"Нюкасл" 40 млн фунтга ҳужумчи сотиб олмоқчи  0 19:52Ёшлигидан пулга қизиққан Мемфис, 44 ёшни қаршилаган Сиссе ва бошқалар. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 19:45Саудия Арабистони Суперкубоги. "Ал Аҳли" йирик ғалабага эришиб, финалга чиқди  3 19:39Пролига 13-турида ишловчи расмийлар эълон қилинди  0 19:25"Сўғдиёна" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  6 18:42Opta А Серияда қайси жамоада чемпион бўлиш эҳтимоли катта эканлигини маълум қилди  1 17:50Эшитдик-да! Португалия терма жамоаси собиқ устози Ўзбекистон МТЖда иш бошлаши мумкин   69 17:32Эшитдик-да! CAFA мусобақаси қайси стадионларда ўтказилиши маълум  22 16:47"Арсенал" кутилмаганда Хавертц ўрнига футболчи излашни бошлади  1 16:45Тимур Кападзенинг боши нега оғримоқда?  12

Vladislav Ivanov: "O'zbekistonda ham to'purar bo'lish niyatim yo'q emas" Yangiliklar

Vladislav Ivanov: "O'zbekistonda ham to'purar bo'lish niyatim yo'q emas"

“Mashal” jamoasi mavsumlar oralig'ida o'z safiga rossiyalik futbolchi Vladislav Ivanovni qo'shib oldi.
Yig'in davomida muborakliklar ustozi Aleksandr Xomyakov bir nechta legionerlarni sinovdan o'tkazib ko'rdi. Ularning orasida rossiyalik hujumchi murabbiyga maqul keldi va u bilan shartnoma imzolandi. O'tkazilgan nazorat bahslarida Ivanov o'zini ko'rsatgan holda yomon taassurot qoldirmayapti. Rossiyada “Torpedo” (Moskva) va “Luch-Energiya” klublarida o'ynagan Ivanov o'z vaqtida Estoniya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan. U o'tgan yili esa “Levadiya” klubida 25 uchrashuvda raqiblar darvozasini 19 bor ishg'ol qildi. Bundan tashqari Ivanovi Ukrainada “Karpati” va Greciyada “Asteras” hamda “Iliupoli” klublarida ham faoliyat olib borgan.

 “Mashal”ning Toshkentda olib borayotgan yig'ini chog'ida Ivanov bilan suhbatlashdik. Dastlab u “Mashal”ga kelishi haqida aytib o'tdi.

- O'zbekistonlik bir tanishim o'zimni “Mashal” jamoasida sinab ko'rishimni aytdi, - deb so'zini boshladi Ivanov. - Bu erdagi futbol va chempionatingiz menga qiziq tuyuldi. SHu sababli O'zbekistonda keldim va “Mashal” azosiga aylandim.

- Muborakliklar bilan necha yillik shartnoma tuzdingiz? Umuman olganda boshqa takliflar ham bormidi?

-SHartnoma bir yilga mo'ljallangan. “Mashal”dan boshqa klublardan takliflar bo'lgani yo'q. “Mashal” O'zbekistonda o'z o'rniga ega bo'lgan jamoa ekanligini aytishgandi va buni o'zim ham kelib ko'rdim. “Mashal” azosiga aylanganimdan xursandman.

- Jamoalarimizdan ilgari takliflar olmaganmidingiz?

- Yo'q, avval bu erga taklif etishmagan. Lekin bundan avval Evropaning yaxshi chempionatlarida o'ynaganman. Ukrainada malum muddat to'p surganman, keyin Greciyada va Rossiyada ham faoliyat olib borganman. O'tgan yili esa uyda, Estoniyaning “Levadiya” klubi sharafini himoya qildim.

- Siz aslida rossiyalikmisiz yoki estoniyalikmi?


- Estoniyada tug'ilganman va hozir ham o'sha erda yashayman. Ammo Rossiya fuqorosiman. Otam rus bo'lgani uchun Rossiya pasportini olganman.

- “Mashal” o'yiniga tez kirishib keta oldingizmi?


-Hech qanday muammo yo'q. Jamoada hamma rus tilini biladi va muloqotda qiyinchilikka duch kelmayman. Buning ustiga bosh murabbiyimiz rossiyalik mutaxassis. SHu sababli yangi jamoaga tez moslashib ketdim. Maydonda ham bir-birimizni tushunishda muammolar bo'lmayapti.

- Estoniya chempionati to'purari bo'lganingizdan xabarimiz bor. Balki “Mashal”da ham buni isbotlashga urinib ko'rarsiz?

-2012 yilgi chempionatda to'purar bo'lganman. Har bir futbolchining maqsadi maydonda o'zini ko'rsatib jamoasiga yordam berish. “Mashal” menga ishonch bildirib taklif qilgan ekan. Buni oqlashga harakat qilaman. O'zbekistonda ham to'purar bo'lish niyatim yo'q emas, lekin asosiysi jamoamga foyda keltirsam bo'ldi. Men gol uramanmi, boshqasimi buni farqi yo'q deb o'ylayman. Agar ko'p gol ursamu, ammo jamoam yutmasa buning foydasi yo'q. Muhimi, “Mashal” g'alaba qozonib chempionatni yuqori o'rinlarda yakunlasa, shuning o'zi etadi. To'g'risini aytsam, yurtingizga uzoqroq o'ynash maqsadida ham kelganman. Buning uchun hamma narsa o'zimga bog'liq.

- Nazorat bahslarida maydonga tushyapmiz. O'zbekiston klublari to'g'risida tasavvuringiz paydo bo'lyaptimi?

- O'zbekiston chempionatining saviyasini Estoniya yoki Rossiyaniki bilan taqqoslamoqchi emasman. Hozir faqat nazorat uchrashuvlari o'tkazilyapti va asosan birinchi liga jamoalariga qarshi o'ynayapmiz. SHu bois chempionatingiz to'g'risida hali tasavvurga ega emasman. Eshityapman, jamoalar saviyasi yuqori va o'yinlar oson o'tmaydi deyishmoqda. Qolaversa, kuni kecha “Bunyodkor”ning Osiyo CHempionlar ligasidagi o'yinini tomosha qildim. “Bunyodkor” kuchli klub ekanligini ko'rdim. Umuman olganda shu paytgacha O'zbekistondan “Paxtakor” va “Bunyodkor” haqida eshitganman. “Paxtakor” menimcha butun dunyoda ham bilishsa kerak. “Bunyodkor”da esa Rivolda to'p surgan, shuningdek, Skolari ishlagan.

- Bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov bilan bir-biringlarni tez tushundilarmi?

- Xomyakov yaxshi mutaxassis ekanligini aytishim mumkin. U mendan nimani talab qilayotganini tushunyapman va uning ko'rsatmalarini bajarishga harakat qilyapman. Xomyakov uzoq yillardan beri “Mashal”da faoliyat ko'rsatayotganining o'zi ham uni qanday mutaxassis ekanligini anglatib turibdi.

- O'tgan yili Zohir Qo'ziboev “Mashal”ning eng yaxshi to'purari bo'lgandi. U bilan hujum chizig'ida birga o'ynadingizmi?

- Ha bitta uchrashuvimizda Qo'ziboev bilan birga o'ynadik. Ana shu bahsda biz maydonda 10 kishi bo'lib qolganimiz bois men biroz orqaroqqa o'tib harakat qildim. Qo'ziboev haqida nima deyishim mumkin? U yaxshi saviyadagi hujumchi va bekorga u o'tgan yili jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lmagan bo'lsa kerak. Bunday hujumchilar bilan birga o'ynash yoqimli.

B.TURSUNOV suhbatlashdi.

MA'LUMOT UCHUN


Vladislav IVANOV

Tug'ilgan sanasi: 24 yanvar, 1986 yil

Tug'ilgan joyi: Narva, Estoniya

O'ynagan klublari

2003  “Narva-Trans”  9 (1)

2004-2005  “Merkur”  46 (10)

2006-2009  “Narva-Trans” 88 (26)

2008  “Karpati” (Ukraina)  0 (0)

2009-2010  “Levadiya”  28 (11)

2010-2011  “Asteras” (Greciya)  0 (0)

2011  “Iliupoli” (Greciya)  6 (0)

2011  “Torpedo” (Rossiya)  3 (0)

2012  “Kalev”  17 (10)

2012  “Narva-Trans”  17 (13)

2013  “Luch-Energiya”(Rossiya)  10 (1)

2013  “Ximik” (Rossiya)  18 (0)

2014  “Levadiya”  25 (19)  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика