Vitsel "Borussiya"da so'nggi mavsumini o'tkazmoqda
10 apr 2022 19:48
Yangiliklar
Vitsel "Borussiya"da so'nggi mavsumini o'tkazmoqda
Xabarlarga qaraganda, Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel joriy mavsum yakunlangandan so'ng "arilar"ni tark etadi.
Manbaning xabar qilishicha, futbolchining 2022 yilning 30 iyuniga qadar hisoblangan shartnomasi nemis klubi rahbariyatining qarori bilan uzaytirilmaydi, bu haqda Vitsel ham allaqachon xabardor qilingan.
SHuningdek, manbaga ko'ra, Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi faoliyatini xorijda – MLS'da davom ettirishini takidlagan.
33 yoshli Vitsel joriy mavsumda Bundesligada 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar