So’nggi yangiliklar

18:44ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" (матнли трансляция)  45 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  6 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  8 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  7 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  15 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  6 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  11 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   252 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  6 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  20

Vitaliy Levchenko: "Penaltidan gol urmaslik istalgan futbolchida bo'lib turadigan holat" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Penaltidan gol urmaslik istalgan futbolchida bo'lib turadigan holat"

Coca Cola Superligasi 24-turida "Olimpik"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko fikrlarini bildirib o'tdi.


- "Olimpik"ni g'alaba bilan tabriklayman. Yaxshi o'yin bo'ldi. Ayrim tajribali futbolchilarimiz asablarini jilovlay olishmadi. Agarda penaltidan foydalanganimizda, o'yin boshqacharoq kechardi. Penaltidan gol ura olmadik va javob tariqasida gol qabul qildik. O'yin tubdan o'zgarib ketdi. O'yinlar davomida katta kuch va hissiyotlar ishlatyapmiz. Bazi holatlarda kuch, omad etishmayapti. Bor natijani qabul qilish kerak. 

- "Neftchi" bugun umuman olganda yomon o'ynagani yo'q. Nikabadze va Arabulida yaxshi vaziyatlar bo'ldi, biroq ular gol ura olishmadi. Ushbu futbolchilarning o'yinlaridan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- Ulardan umidimiz katta bo'lgandi va ko'proq foydali ish koefficientini kutgandik. Bugungi ishlardan keyin faqatgina ularni mag'lubiyatda ayblash yaramaydi. Yigitlar harakat qilishmoqda, o'z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'ynashmoqda. Agarda o'sha vaziyat gol bo'lganida boshqacha gaplar bo'lardi. Jamoa mag'lub bo'lganida negativ fikrlar ko'p bo'ladi. Buni biz jamoaning ichida muhokama qilamiz.

- Lutfulla To'raev jamoadagi eng tajribali futbolchi. Bugun u penaltidan gol ura olmadi. Bu haqda nima deysiz?

- Penaltidan keyin bunday holat bo'ladi. Barchada bo'lib turadigan holat. Bunday paytda futbolchini qo'llab-quvvatlash kerak. Hayot bu orqali to'xtab qolmaydi. Oldinga intilish kerak.

- Nega bugun Lutfulla To'raev penalti tepgisi keldi? Bunga qadar boshqa futbolchi tepardi. Muxlislar esa bundan shubxa qilishmoqda.

- Qiyin holatda kimdir masuliyatni bo'yniga olishi kerak-ku. Qiyin pallada futbolchini qo'llab-quvvatlash kerak. Barchaning faoliyatida bo'lib turadi. Penaltidan gol ura olmadi, lekin uni aybdor deb bo'lmaydi. Bu futbol. Uni qo'llab-quvvatlayman. Biz Lutfulla To'raev sababli mag'lub bo'lmadik. Badjo ham JCHda penaltidan gol ura olmagan. Futbolchining o'zi ham nima qilganini tushunib turibdi.

- Uzoq vaqt davomida turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Neftchi"ni butun O'zbekiston olqishlayotgandi. So'nggi paytdagi o'yinlardan keyin muxlislarda ham jamoaga bo'lgan ishonchi pasaydi.

- Mavsum yakunlangani sayin jamoadagi barchada bosim bo'ladi. Mavsum yakuni - barcha jamoaga ochko kerak. SHu bosimdan barcha ham chiqib keta olmaydi. Bu bosim kelib, qo'shimchasiga omad ham bizni tark etgandek. CHunki jamoadagi futbolchilar mavsum davomida katta emociyalar bilan o'ynashdi. Harakat bormi, demak, agressiya bo'ladi. Biz maydonda piyoda yurib, futbol o'ynashni istamaymiz. SHunchaki yana omad biz tomonga qaytishini xohlaymiz. Yo'qotilayotgan ochkolar esa ruhiy holatga tasir qiladi. Agarda muxlislar, matbuot tomonidan bo'layotgan bosimlar kamaysa, futbolchilar o'z futbolini namoyish qilib bera oladi.

- Individual statistikalarga ham qarasak, Fozil Musaev ushbu mavsum asosiy tarkibda 5 o'yinda maydonga tushdi. Bugun uning maydonga tushishiga sabab nimada?

- Tarkibda diskvalifikaciya qilingan, jarohatga yo'liqqan futbolchilar bor. Bu poziciyadagi Diyorjon Turopov jarohatlangan. Olimov jarohatda. Rotaciya bo'lishi kerak. Ushbu poziciyada boshqa futbolchi bo'lsa, nega ishonmasligimiz kerak. U ham o'z maksimumini ko'rsatishga harakat qiladi. Uning jamoaga katta yordam berishini istaymiz.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика