So’nggi yangiliklar

02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  0 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  0 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  16 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2 00:30Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Леванте"ни мағлуб этди, Гризманн захирадан майдонга тушиб, дубль қайд этди  1 00:13Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:3  0 23:49"Челси" — "Вулверхэмптон". Таркиблар маълум  2 23:38Бундеслига. "Байер" 6:0 ҳисобида ғалаба қозонди, "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" меҳмонда очко йўқотди  0 23:23Отабек Нарзуллаев: "Қарши ҳужум тактикасида ўйнаб ғалаба қозондик"  3 22:55ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди  123 22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  48 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  23 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0

Vitaliy Levchenko "Paxtakor"ning kuchli va ojiz nuqtalarini aytdi Yangiliklar

Vitaliy Levchenko "Paxtakor"ning kuchli va ojiz nuqtalarini aytdi

Coca Cola Superliga 2-turi doirasida "Paxtakor" mag'lub etilganidan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o'z fikrlarini bildirdi.


- Qisqacha aytadigan bo'lsam, yaxshi o'yin bo'ldi. Muxlislar, mutaxassislarga ham maqul keldi. Jamoalar tezkor, intensiv o'ynashdi. Balki sezilarli darajada hududlarni berib qo'ygandirmiz. CHunki raqiblarning qanotlarini yopish kerakligini bilardik. Tarkibida tezkor futbolchilar ko'p.  O'yinni ko'rdingiz, ikkala jamoa darvozalari yonida bir qancha vaziyatlar bo'ldi. Qarshi hujumdan keyin raqiblarga bir qancha vaziyatlarni sovg'a qildik. Afsuski, yaratgan vaziyatlarimizdan bir qanchasidan foydalana olmadik. Umuman olganda yaxshi o'yin bo'ldi, muxlislar bundan zavq olishdi va shunday o'yinlarga kelishadi.

- G'alaba bilan tabriklaymiz. "Paxtakor"ga qarshi jamoalar asosan ikki baravar kuch bilan o'ynashadi. Bugun biz "Neftchi"ning maksimal darajasini ko'rdikmi yoki jamoa yana rivojlanadimi?

- Jamoamizda potencial yuqori. Bugungi o'yinda jismoniy jihatdan yaxshi ko'rindik. Bir qancha vaziyatlarni boy berdik, ayrimlarida raqiblardan ustun edik. Bir tomondan olib qaralsa, bu oddiy holat. "Paxtakor" - O'zbekiston chempioni. SHu sababli barcha jamoalar uch ochko olish uchun tushishi tabiiy. 

- Bugun jamoa atayin "Paxtakor" uchun qanotlarini yopib o'ynadimi yoki uch markaziy himoyachi uslubi "Neftchi"ning mavsum uchun rejasimi?

- Yo'q. Ahamiyat bergan bo'lsangiz, 2022 yilda ham shunday o'yin uslubida o'ynagandik. Biz har tomonga ketib qolavermaymiz. O'z futbolchilarimning imkoniyatini bilgan holda ulardan foydalanishga harakat qildim. Bizda tezkor qanot vingerlari bor, endi taran hujumchiga ham ega bo'ldik. SHu sababli biz futbolni o'zimiz ko'radigan uslubdagi futbolchilarni tarkibga olib keldik, bu o'z mevasini bermoqda. Ular rejadagi kabi o'ynamoqda.

- "Paxtakor" avvalgidan ko'ra kuchsizroq ko'rinmayaptimi?

- Yo'q, "Paxtakor" qanday kuchli bo'lsa, shunday kuchli. SHunchaki, barcha murabbiylar o'tirib, taxlil qilishni boshlashdi. Tabiiyki, ularga qarshi uslublar ham topilmoqda. Agarda "Paxtakor"ning dastlabki tur o'yinini tomosha qilgan bo'lsangiz, "Olimpik" tezkor qarshi hujumlarda o'ynadi. Demak, "Paxtakor" unchalik tezkor bo'lmagan ikki markaziy himoyachilarga ega. Buni aytishim mumkin. Ularning elkasi ortida katta bo'shliq paydo bo'ladi. Barcha zamonaviy jamoalar hozir qanday o'ynash, qay tariqa g'alabaga erishishni o'ylamoqda. O'z navbatida biz ham taxlillar amalga oshirganimizni rad qila olmayman. Yig'inlar davomida "Paxtakor"ning 3-4 o'yinlarini tomosha qildim. 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan uchrashuvida ham katta tashabbusga ega bo'lgan va qarshi hujumlardan gol o'tkazib yuborgandi. Futbol joyida turmayapti. Barcha o'ylamoqda, taxlil qilmoqda, o'rganmoqda. "Paxtakor"ni kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqqandik. Gollar asosan standartlardan keyin urildi. Bu borada ham ishlash kerak. 

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика