So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  2 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

Vitaliy Levchenko: "Ikkinchi bo'lim uchun yigitlarga etirozim yo'q" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Ikkinchi bo'lim uchun yigitlarga etirozim yo'q"

"Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko "Metallurg"ga (0:1) qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirdi.

"O'yin kurashlarga boy o'tdi. Ikki jamoa ham g'alaba qozonishni istagandi. Birinchi bo'limda biroz kayfiyat etishmadi. Tanaffusda ayrim o'zgarishlar qildik. Futbolchilar bilan gaplashib oldik.  Ikkinchi bo'lim uchun yigitlarga etirozim yo'q. "Metallurg" birinchi bo'limdanoq bunday katta shijoat bilan o'ynashini kutmagandim",- deydi Vitaliy Levchenko

- "Metallurg" birinchi bo'limda o'yinni to'liq nazorat qildi. Futbolchilaringizga nima etishmadi?

- Qaysidir pallada kurashuvchanlik hissi etishmadi. Kurash, xohish va ruhiyat, birinchi bo'limda aynan shu uchta narsada oqsadik

- "Neftchi" bu yil mehmonda faqat ikkita o'yinda g'alaba qozondi. Jamoaga safar uchrashuvlarida nima to'sqinlik qilyapti?

- Etibor bersangiz, birinchi davrani butunlay safarda o'tkazganmiz. CHunki Yaypandagi "O'zbekiston" o'yingohi bizning stadionimiz emas. Ko'p raqiblar bilan mehmonda to'qnash keldik. Men birinchi bo'lim uchun etishmagan 3ta narsani aytib o'tdim. 

- Andrey Mishenkoning o'yinini qanday baholaysiz? CHunki bugun paslarda, uzatmalarda ko'p xatoga yo'l qo'ydi...

- Rotatciyalar qila olmayotganimiz sabab tetiklik etishmayotgandir. Futbolchi diqqat va etiborini jamlasa bunday xatolar qilmaydi.

- Salamat Quttiboevning almashtirilishi nima bilan bog'liq?

- Ko'rgandirsiz, o'z poziciyalarini yopa olmadi. Uning o'rniga yangi kuchlarni maydonga tushirdik. CHempionat hali tugamadi. Ko'proq ochko jamg'arib turnir jadvalida o'rnimizni yanada mustahkamlashimiz kerak. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика