So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  1 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  4

Vitaliy Levchenko: “G'alaba qozonish uchun kuchli xohish kerak” Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: “G'alaba qozonish uchun kuchli xohish kerak”

Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Neftchi” - “Qizilqum” (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Uchrashuvni yaxshi boshladik. Dastlabki qismda yuzaga kelgan vaziyatlarimizdan unumli foydalandik. Ikki jamoa ham kuchli ishtiyoq bilan harakat qildi. G'alabani qo'ldan chiqarish alamli. Lekin bu futbol, ushbu sport turida hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Xatolar kechirilmaydi, qimmatga tushadi.

- Darvozabonlar almashinuvi nima bilan bog'liq?

- Akbar To'raev vaziyatlarni his qilishda ozroq xatoliklarga yo'l qo'ydi. SHu boisdan ham zaxiradan Botirali Ergashevni maydonga tushirdik. 

- Terma jamoa futbolchisi Azizbek Amonov zaxirada qolib ketayapti. Bunga qanday izox berasiz?

- Jismoniy jihatga ko'p narsa bog'liq. Bizda hujumchilar o'rtasidagi raqobat kuchli. Azizbek Amonov zaxiradan qo'shilib vaziyatlar yaratdi, o'yinimizni kuchaytirdi. 

- Sovrinli o'rinlar uchun imkoniyat bor deb hisoblaysizmi?

- Albatta, chempionat yakuniga qadar imkoniyat bo'ladi. Har bir o'yinda jiddiy kurashsak, natijalarga erishamiz. Maydonga 3 ochkoni ko'zlagan holda chiqishimiz kerak. Himoyada kuzatilayotgan xatolarimiz bor, bu futbolda natijalarning ijobiy bo'lmasligiga sabab bo'ladi. G'alaba qozonish uchun kuchli xohish kerak.

- Bugungi raqib haqida fikringiz?

- Yaxshi shakllangan jamoa. Natija uchun oxirigacha kurashadi. Masalan, ushbu mavsumdagi biz bilan o'yinlarda mag'lubiyatga uchramagani ham ko'rsatib turibdi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика