So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

Vitaliy Levchenko: "Biz urgan golning bekor qilinishi juda shubhali" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Biz urgan golning bekor qilinishi juda shubhali"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- O'yin shidatli va emociyalarga boy bo'ldi. Ko'p vaziyat yaratdik, ammo unumli foydalana olmadik. Qaysidir vaziyatda raqib darvozaboni bizga xalal berdi, boshqa bir vaziyatda esa o'zimiz yakuniga etkaza olmadik. To'g'risi, golning bekor qilinganiga juda katta shubham bor.

- "Neftchi" jamoasi bugun faqat bir qanot orqali o'ynagandek ko'rindi. Ushbu holatga sizning fikringiz qanday?

- Fikringizga qo'shilmayman. Yaqqol golli vaziyatimiz Adhamzodaning qanotidan tashkil etilmadi. Ikki qanot ham ancha faol o'ynadi. O'yin faqat Adhamzodaning qanoti orqali kechdi degan fikrga qo'shilmayman.

- Gruziyalik legioner Giorgi Nikabadzening o'yiniga baho bersangiz. Nikabadze siz istagandek o'ynamoqdami?

- Men sizga misol keltiraman. CHempionatdagi eng yaxshi to'purar Hebay bugun qanday o'ynadi? Uning bugungi o'yinidan qoniqdingizmi? Legionerga ko'nikib olish uchun vaqt kerak. Men sehrgar emasman. Har bir futbolchiga moslashish uchun vaqt kerak.

- Jamoa qatorasiga mezbondagi ikki o'yindan buyon gol ura olmayapti. Bu taktik muammo sabablimi?

- Taktika deb ko'p takrorladingiz, qarang, bugun biz nechta gol urishimiz kerak edi. Mening fikrimcha, bugun kamida 4 yoki 5ta golli vaziyat yaratdik. "Andijon"ning bugungi o'yinini ko'rdingizmi, ular hujum qila olmadi. Litovka nechta seyv qildi, hisoblang. Biz faqat taktikada muammo deymiz, lekin bu noto'g'ri.

- "Neftchi" va "Navbhaor" jamoasi 18-turda ochko yo'qotishdi. Ikki jamoaning kumush medal uchun kurashdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Hali hech narsa boy berilmadi. To'g'ri, biz ochko yo'qotdik, lekin "Neftchi", "Navbahor", "Nasaf" va OKMK chempionlik uchun kurashadi. "Paxtakor" ham ochko yo'qotadi. Bunday fikrlashingizga qo'shilmayman. "Paxtakor"ni OCHL kutib turibdi va bu juda katta qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ko'p raqobatchilarimiz ikki yoki uch "front"da jang qilmoqda, o'shu bois ularning ochko yo'qotishi shubhasiz.

- "Neftchi" jamoasi FIFA kunlariga qanday reja tuzdi?

- Biz uchta nazorat o'yinini reja qilganmiz. Hozir bo'lajak raqiblarimizni qidirish jarayonidamiz. Tayyorgarlik rejasi ham tuzib chiqdik. Umid qilamanki, FIFA kunlaridan samarali foydalanamiz va o'z o'yinimizni yaxshilab olamiz.

- "Neftchi" jamoasiga OCHLga chiqish maqsadi qo'yilganmi?

- Yana bir bor takrorlayman, biz natijani yaxshilash uchun har doim harakat qilamiz, biroq har doim ham natija jamoaga bog'liq emas. Bugun yana bir bor ushbu fikrga amin bo'ldim. Biz urgan golning bekor qilinishi juda shubhali.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика