So’nggi yangiliklar

10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  8 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2

Vitaliy Denisov: "Lokomotiv" nega uyida g'alaba qozona olmayotganini bilmayman" Yangiliklar

Vitaliy Denisov: "Lokomotiv" nega uyida g'alaba qozona olmayotganini bilmayman"

O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" himoyachisi Vitaliy Denisov "Ufa"ga qarshi Rossiya chempionatining 6-tur uchrashuvidan oldin, bahs bo'lib o'tadigan suniy maydonda harakat qilish qiyinligini takidladi.

"O'tgan mavsumga etibor bersak - "Ufa" biz uchun noqulay raqib. Murabbiylar shtabimiz raqibning kuchsiz tomonlarini topa oladi deb umid qilaman. Suniy maydon o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. "Ufa" bilan g'alabasiz seriya? Hamma narsaning oxiri bor. Agar yaxshi narsa haqida o'ylamasang, maydonga chiqishni keragi yo'q. Oldingi uchrashuvlar haqida bosh qotirmaymiz.

Nega uyda g'alaba qozona olmayotganimizni bilmayman. Imkoniyatlar bor, "Terek"ka qarshi o'yinimiz o'xshadi, ammo to'pning darvozaga kirgisi yo'q. Ufada CHerevchenkoga g'alaba taqdim etishga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bunday raqiblar bilan iloji boricha ko'proq ochko to'plash kerak.

Kecha Rossiya Temir Yo'llaridagi o'zgarishlar haqida xabar o'qib qoldim. Yigitlar bilan bu borada suhbatlashganim yo'q. Buning bizga aloqasi bo'lmaydi deb o'ylayman. Agar o'zgarish bo'lsa bizga bu haqda malum qilishadi. Kutilmagan xodisa ro'y beradi deb o'ylamayman" - deydi Denisov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика