Vinisius Junior “Real” bilan shartnomasini uzaytirganiga munosabat bildirdi
01 noy 2023 08:35
Yangiliklar
Vinisius Junior “Real” bilan shartnomasini uzaytirganiga munosabat bildirdi
“Bu erda o'ynash mening orzum bo'lgan. Men kelgan joydan kelib chiqqan holda, bu darajaga etishish juda qiyin.
“Real Madrid” futbolchisi bo'lish nimani anglatishini so'z bilan ifodalab berolmayman. Mening his-tuyg'ularimni faqat buni boshidan kechirganlar tushunishi mumkin.Men barcha jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatdaman.
Bizni birlashtiradigan narsa shundaki, biz barchamiz dunyoning eng yaxshi klubi vakili bo'lishdan xursandmiz. Vaqt tez o'tib ketmoqda, bu lahzalardan rohatlanish kerak”, — dedi hujumchi.
Vini 2018 yilda, yani, 18 yoshligida "Real" tarkibida debyut qilgandi. 6 mavsum mobaynida futbolchi "qirollik klubi" tarkibida 235 o'yinda qatnashib, 63 gol urdi. Jamoa bilan u 9 sovringa ega chiqdi: ECHL, klublar o'rtasidagi mundialning ikkita sovrini, Evropa Superkubogi, LaLiga va Ispaniya Superkubogidan ikkitadan sovrin va Ispaniya Kubogi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar