Vinisius Junior futbol imperiyasini kengaytirdi: "Real" vingeri Braziliyaning "Atletik" klubini sotib oldi
15 may 17:22
Yangiliklar
Vinisius Junior futbol imperiyasini kengaytirdi: "Real" vingeri Braziliyaning "Atletik" klubini sotib oldi
Madridning "Real" klubi yulduzi va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior mamlakat ikkinchi divizioni B Seriyasida qatnashadigan Braziliyaning "Atletik" futbol klubining yangi xo'jayini bo'ldi.
Bu haqda "Foot Mercato" xabar berdi.
Klub San-Juan-del-Rey shahrida (Minas-Jerays shtati) joylashgan. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.
1909 yilda tashkil etilgan "Atletik" kamtarona yutuqlarga ega – ularning yagona unvoni - 2023 yilgi Minas Jerays Superkubogi. 2025 yilda jamoa o'z tarixida birinchi marta Braziliyaning ikkinchi oliy ligasi bo'lgan B Seriyada o'ynamoqda.
Eslatib o'tamiz, Vinisius Junior Portugaliya ikkinchi divizioni klubi "Alverka"ning malum ulushlariga ega.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar