"Viktoriya"ga qarshi bahsdan so'ng "Real" murabbiyi istefoga chiqishi kerak edi, ammo...
25 okt 2018 15:53
Yangiliklar
"Viktoriya"ga qarshi bahsdan so'ng "Real" murabbiyi istefoga chiqishi kerak edi, ammo...
"Real" prezidenti Florentino Peres "Viktoriya"ga qarshi CHempionlar ligasi guruh bosqichining 3-tur o'yinidan (2:1) so'ng, jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini istefoga chiqarmoqchi edi.
Malumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" g'alaba qozongan bo'lsada Peresga jamoaning o'yini yoqmadi va u Lopetegini istefoga chiqarmoqchi edi. Ammo klub sport direktori Xose Anxel Sanches Peresni bunday qilmaslikka ko'ndirdi. Lopetegi kamida "Barselona"ga qarshi bahsgacha ishdan ketmaydi.
Agar Lopetegi o'z vazifasidan ozod qilinsa, uning o'rnini "Real" yoshlarini boshqarayotgan Santyago Solari egallashi mumkin. Kelasi mavsumdan esa Joze Mourinyu yoki Antoni Konte jamoa ustoziga aylanadi.
Fikrlar