So’nggi yangiliklar

10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  0 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  2 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  0 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  2 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  6 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  6 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  2 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  2 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  240 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  34 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5

Viktor Kumikov: "O'yindan avval legionerlarga taqiq bor edi, PFL qanday qilib bu stadionni qabul qildi?" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "O'yindan avval legionerlarga taqiq bor edi, PFL qanday qilib bu stadionni qabul qildi?"

Teglar :  Viktor Kumikov
“Xorazm” – “Andijon” (3:0) o'rtasidagi bellashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Viktor Kumikov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


-  Albatta, bugungi o'yin uchun fikrim yaxshi emas. O'z jamoam haqida gapirsam, o'yinimiz o'xshamadi. Bunga esa ko'p sabablar bor. Uzoq yo'l, maydon, legionerlarga esa o'yindan avval taqiq bor edi. Keyin esa uchrashuvga oz fursat qolganidagina ruxsat berishdi. Bunga qadar asosiy tarkibimizni aniqlashtirib bo'lgandik. Biz tuzgan tarkibimiz ishonchimizni oqlamadi va tanaffusgacha 2 ta to'p o'tkazib yubordik va bunday holatdan keyin ruhiy tomondan tiklanishimiz qiyin bo'ldi. 

Legionerlar masalasi bo'yicha buning sababini klub direktoridan so'raganinglar maqul. “Xorazm” yomon jamoa emas ekan, yugurishyapti, harakat qilishyapti, xohish yuqori edi. Bu pro liga uchun etarli.  

Milich zaxiradan tushib harakat qildi va ko'p yakka kurashlarda yutdi. Unga ko'proq jarima maydoni ichiga to'pni uzatib berishlari kerak edi, chunki u bosh bilan yaxshi o'ynaydi. Bugungi o'yinda unda ham, jamoada ham hech nima o'xshamadi. Biz bunday suniy maydonda o'ynagani qiynaldik. “Xorazm” esa o'rganib qolgan. 

O'yindan keyin esa hattoki cho'milgani suv ham yo'q. Qanday qilib, PFL bunday sharoiti bo'lmagan stadionda o'ynashga ruxsat berganiga hayronman. 

Bizda maqsad bor. O'yin taraflama va boshqa jihatlar bo'yicha hozircha ishlarimiz o'xshamayapti. Yig'in paytida kuchli raqiblarga qarshi o'yinimizda o'zimiz o'ylagan taktikalarni namoyish qilgandik. Hozir esa negadir o'xshamayapti. Hali hammasi oldinda. Biz oxirigacha kurashamiz. Jamoani ruhiy tarafdan tiklash kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика