So’nggi yangiliklar

23:48"Аталанта" — "Интер". Таркиблар маълум  0 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  1 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  1 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  1 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  1 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  4 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  10

Viktor Kumikov: "Superligaga chiqsak, tabiiyki boshqacha o'yin qilamiz. Tezkor jamoa tuzamiz" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Superligaga chiqsak, tabiiyki boshqacha o'yin qilamiz. Tezkor jamoa tuzamiz"

Pro liga 16-turining qoldirilgan “Mashal” – “Andijon” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Viktor Kumikov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

O'yin haqida
- Juda qiyin o'yin o'tkazdik. Sababi 3 kun oldin O'zbekiston Kubogida AGMK bilan qiyin uchrashuvni o'tkazib yo'lga chiqqandik. Qisqa muddat ichida bu erga moslashish oson emas. Asosiy maqsadimiz g'alaba qozonish edi. Birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish etdik. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida toliqish sezildi. Hatto, o'yinchi almashtirishlar ham yordam bermadi. Asosiysi, hisobni ushlab qoldik.

- O'yinning erta boshlanganiga munosabatingiz qanday? Bu qo'shimcha qiyinchilik tug'dirdimi?
- Juda issiq bo'ldi. Go'yoki, iyun oyidagidek. Sentyabrda havo bir muncha yaxshiroq bo'ladi, deb o'ylagandik. Bunday haroratda o'z maydonimizda 5 ta og'ir o'yinlarni o'tkazdik. Oxirgi tur 10 sentyabrda bo'ladi va o'yin 19:00 ga belgilanibdi. Yaxshi, biz birinchi marta mana shunday vaqtda o'ynaymiz ekan.

- O'yin davomida futbolchilaringiz maydonda vaqt cho'zishgandek bo'ldi. Bunga fikringiz qanday?
- Aytdimku, biz 3 kun oldin og'ir o'yinni o'tkazdik va yana darhol yo'lga chiqdik. Avtobusda yarim kechasi yurdik. Bunday holatda tiklanish qiyin. O'yin oxiriga qadar hisobni ushlab qolishga majbur bo'ldik.



- Siz oldin “Mashal”ni boshqargansiz. Sobiq shogirdingiz Dilyaver Vaniev qo'l ostingizda o'ynagan. Bugun shogirdingizni mag'lub etdingiz. Umuman olganda, “Mashal”ni eslab turasizmi?
- Ha, o'yindan oldin tashqarida o'tirib esladik. U vaqtlardagi futbolchilar, hozirgi paytdagilardan kuchli edi. Aytaylik, ular aqlli va tajribali edilar. Aytilgan vazifalarni to'g'ri bajarishgan. “Mashal”da eng zo'r paytlarni o'tkazganmiz. Bahrom Bayjanovich direktor vazifasida ishlagan. Barchasi joyida bo'lgan. Tashkiliy masalalarda ham hech qanday muammolar bo'lmagan. Faqat maydonga chiqib o'ynash kerak bo'lgan.

- Bogdan Milichga ko'p etirozlar bildirdingiz. U ishonchni oqladimi?
- Hech qanday etiroz bildirganim yo'q.. O'yin davomida ko'p yugurdi, charchadi. Natijada to'p yo'qotishni boshladi. SHundan so'ng uni almashtirishga qaror qildim.

- SHahboz Erkinovga ko'rsatilgan sariq kartochka asosli edimi? Fikringiz qanday?
- Bu holatni men ham tushunmadim.

- Viktor Kumikov kuchlimi yoki “Andijon”mi?
-  Bilmadim. Biz o'yinlarimizni gohida zo'r, gohida yomonroq o'tkazyapmiz. Lekin ishonch bilan birinchi o'rinni egallab turibmiz. Yanada yaxshiroq o'ynashimiz kerak. SHunday bo'lsa-da, birinchi o'rindamizmi, demak jamoa kuchli, albatta, pro liga uchun. Superligaga chiqsak, tabiiyki boshqacha o'yin qilamiz. Tezkor jamoa tuzamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика