So’nggi yangiliklar

11:37Расман: "Динамо" буркина-фасолик футболчини таркибга қўшиб олди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  2 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  3 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  3 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  5 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  5 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1

Viktor Kumikov: "Jamoani uchrashuvga tayyorlash oson bo'lgani yo'q" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Jamoani uchrashuvga tayyorlash oson bo'lgani yo'q"

"Turon" – "Andijon" (4:0) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

Mavsum oxirida yoqimsiz holat bo'ldi. Bu biz uchun hech nimani hal qilmaydigan o'yin edi. Jamoani uchrashuvga tayyorlash ham oson bo'lgani yo'q. Tarkibimizdagi yarim futbolchilar diskvalifikaciya qilingan. Buning ustiga betoblar ham ko'p edi. 

Bahsda asosan zaxira futbolchilari va uch nafari asosiy tarkibdagilar edi, qolganlar kam o'yin o'tkazgan va yoshlar jamoasidan taklif etilishgan. Tabiiyki, natija shunga yarasha bo'ldi. "Turon" yaxshi jamoa. Bizning ikkinchi tarkibimiz bilan engil harakatlandi.

-  Yirik hisobdagi mag'lubiyatni kutmaganmidingiz?

-  Aytyapman-ku, kutilmagan holat bo'ldi. Asosiy tarkibdan uch nafari va qolganlari yoshlar edi. O'yin amaliyoti kam bo'lgan yosh futbolchilar chiqib o'z mahoratlarini ko'rsatishi kerak edi. Kimdadir o'xshadi, kimdadir yo'q.

-  Kelasi mavsum uchun qanday rejalar bor? Tarkib o'zgaradimi?

-  Menda hech qanday reja yo'q. Boshqalar hal qiladi. SHartnoma taklif qilishmadi, og'zaki aytishdi. Hozircha uyga ketaman, nima bo'lishini keyin ko'ramiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика