So’nggi yangiliklar

23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  1 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   27 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  40 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  31 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  3 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  7 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  9

VIDEO. Futzal. Jahon futzalidagi 2014 yilning eng chiroyli beshta goli Yangiliklar

VIDEO. Futzal. Jahon futzalidagi 2014 yilning eng chiroyli beshta goli

Hademay 2014 yil barcha sport turlari qatori futzal uchun ham tarixga aylanadi.
Ispaniya Milliy futzal ligasining rasmiy sayti 2014 yil davomida turli darajadagi xalqaro turnirlarda kiritilgan eng chiroyli gollarning Top-5 taligini elon qildi.

5-o'rin
Beshinchi o'rinni ispaniyalik Migelinning pasidan so'ng raqib darvozasiga nozik uslubda to'p kiritgan braziliyalik buyuk o'yinchi Falkao band etdi. Bu ikki futzalchi Dubayda o'tkazilgan ko'rgazmali turnirda bir jamoa tarkibida to'p tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

4-o'rin
To'rtinchi o'rin Rossiya terma jamoasining braziliyalik o'yinchisi Eder Limaga berildi. Uning Rossiya va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda o'tkir burchakdan kiritgan “qaychi” uslubidagi goli Evropa chempionatining eng yorqin lahzalaridan biri bo'ldi.

3-o'rin
Uchinchi o'rin Quvaytda o'tkazilgan Qitalararo Kubok davomida Gvatemalaga qarshi o'yinda supergol muallifiga aylangan Yaponiya terma jamoasi azosi Yuki Morotaga nasib etdi.

2-o'rin
Top-5 ligimizning vice-chempioni - Braziliyaning “Jaragua” klubi o'yinchisi Marsio. Braziliya chempionatida u tomonidan urilgan gol, darvozani g'alati tarzda ishg'ol qilish toifasiga kiradi va uni hech kim qaytara olmasa kerak.

1-o'rin
Va nihoyat, 2014 yilning eng chiroyli goli deb Rossiya talabalar terma jamoasi o'yinchisi Andrey Batirevning muxlislarni bir onga shokka tushirib qo'ygan zarbasi tan olindi.

Futzalda, yana Jahon chempionati final uchrashuvida (!) 10 metrli jarima to'pini Panenka uslubida amalga oshirish bu sizga katta futboldagi 11 metrdan uzunligi 7,32 va balandligi 2,44 metr bo'lgan darvozaga gol urish emas.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика