Verner "CHelsi"dan ketmoqchi. Uni 40 mln evroga baholashmoqda
30 mar 2022 10:16
Yangiliklar
Nemis forvardi va uning maslahatchisi Folker SHtrut transfer ustida ishlashmoqda.
Vernerning "CHelsi" bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan, ammo yaxshi taklif kelib tushsa, klub ham, murabbiy Tomas Tuxel ham nemisning ketishiga qarshilik ko'rsatishmaydi. Forvardni 40 million evroga baholashmoqda.
Eslatib o'tamiz, hozirda "CHelsi"ga transferlar borasida muzokaralar o'tkazishga ruxsat berilmayapti. Bu klub rahbari Roman Abramovichga qo'yilgan sankciyalar bilan bog'liq.
SHunga qaramay, SHtrutning o'zi bir necha klublar bilan o'zi muzokaralar olib bormoqda. Jumladan - Erling Xolandning tez orada ketishi sabab o'rinbosar izlayotgan Dortmundning "Borussiya" klubi bilan ham. Ammo, nemis klubi bosslari Vernerga to'liq ishonishmayapti, ular ko'proq "RB Zalcburg"dan Karim Adeyemining transferiga etiborlarini qaratishgan.
Katta muammo Vernerning "CHelsi"da olayotgan maoshi bo'ladi. Hozirda u 16 mln evro atrofid maosh oladi. London klubida undan faqatgina Romelu Lukaku, Kay Xaverc va Ngolo Kante ko'proq maosh oladi.
26 yoshli hujumchi joriy mavsum "CHelsi" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar