So’nggi yangiliklar

10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  2 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  5 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  1 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  1 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  11 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  2 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  5 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  19 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  1

Venesuelalik TV sharhlovchisi Alfredo Koronis: "Terma jamoamiz uchun yangi davr boshlanmoqda" Yangiliklar

Venesuelalik TV sharhlovchisi Alfredo Koronis: "Terma jamoamiz uchun yangi davr boshlanmoqda"

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistonida Venesuela terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Mazkur bahsdan avval venesuelalik TV sharhlovchisi Alfredo Koronis bilan bog'lanib, bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- Venesuelada O'zbekiston mamlakati va o'zbek futboli haqida nimalar bilishadi?

- To'g'risini aytsam O'zbekiston mamlakati haqida ko'p narsa bilmaymiz. Davlatlarimiz o'rtasida qandaydir hamklorliklar borligini bilaman xolos. Sobiq Ittifoq mamlakati ekanidan xabarim bor. Venesuelada futbol birinchi raqamli sport turi emas, bizda barcha uchun beysbol - birinchi raqam. Bizning odamlar faqat APL, La Liga va A Seriyani bilishadi xolos.

- O'zbekiston terma jamoasi bo'lajak Osiyo kubogiga tayyorgarlik olib bormoqda, Venesuelachi?

- Terma jamoamiz ayni paytda 2026 yilgi Jahon chempionati saralashiga tayyorgarlikni olib bormoqda. KONMEBOLda saralash shu yilning sentyabr oyida boshlanadi.




- Qatardagi Jahon chempionati saralashidan keyin terma jamoaingiz necha foizga o'zgardi?

- Katta o'zgarish bo'lgani yo'q. Sababi Qatardagi mundialga saralashning o'zi biz uchun o'tish davri edi, yani ungacha o'zgarishlar bo'lib bo'lgandi. Hozir faxriy futbolchilar orasidan faqat Rondon va Rinkon o'ynamoqda, qolgani yoshlar.

- Qatarda Argentinani mag'lub etgan Saudiya Arabistoniga qarshi o'yindagi g'alaba Venesuela uchun qanchalik muhim edi?

- Juda muhim edi. 1 oy oldin Argentina va Kolumbiya terma jamoasining sobiq ustozi Xose Pekerman Venesuela bosh murabbiyi edi. Bizning Federaciyamiz Pakerman bilan shartnomani bekor qildi va uning yordamchisi Batista bosh murabbiy etib tayinlandi. Saudiya Arabistoniga qarshi bahs terma jamoamiz uchun yangi davrning boshlanishi edi, shu bois bu davrni ijobiy natija bilan boshlash juda muhim edi.

- Solomon Rondonni hisobga olmaganda, ayni paytda terma jamoaingizdagi eng yaxshi futbolchilar kim?

- Sardorimiz Tomas Rinkon. Undan keyin Yangel Errera ("Jirona") i Jefferson Soteldo ("Santos"). Ammo bu ikkala futbolchi ham ayni paytda jarohati bois terma jamoa safida emas.

- Mobodo O'zbekiston bilan o'yinda Venesuela mag'lub bo'lsa, fojia bo'ladimi?

- Yo'q, yuqorida aytdim yangi bosh murabbiy bilan yangi davr boshlanmoqda. Bu tabiiy jarayon. Mobodo O'zbekistonga mag'lub bo'lsak ham biz uchun fojia bo'lmaydi deb o'ylayman.

- Ikki etakchi futbolchida jarohat bor dedingiz, yana boshqa sabab bilan terma jamoaga chaqirilmagan futbolchilar bormi?

- Jarohat olganlar ko'p. Quyidagi futbolchilar ayni paytda jarohat olishgan va terma jamoa bilan birga emas:
Yeferson Soteldo ("Santos", Braziliya)
Yangel Errera ("Jirona", Ispaniya)
Uilker Farines ("Lans", Franciya)
Nauel Ferraresi ("San-Paulu", Braziliya)
Serdjio Kordova ("Vankuver", Kanada)
Darvin Machis ("Valyadolid", Ispaniya)
Jefferson Savarino ("Real Solt-Leyk", AQSH)

- Intervyu uchun katta rahmat, Venesuela terma jamoasiga JCH-2026 saralashida omad tilaymiz.

- Rahmat, o'z navbatida O'zbekistonga ham Osiyo kubogida omad yor bo'lsin!

Narzulla suhbatlashdi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика