So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  0 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  4 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  5 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  8 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  28 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  88 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12

VAR protokolidagi yangilikka FIFA instruktori izoh berdi Yangiliklar

VAR protokolidagi yangilikka FIFA instruktori izoh berdi

Marokashda o'tkazilayotgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining ilk bahsida hakam VAR orqali chiqargan qarorini muxlislarga stadionning o'zidagi ovoz kuchaytirgichlar orqali tushuntirib berganidan xabaringiz bor.

Bu FIFAning VAR protokoliga kiritgan yangiligi bilan bog'liq. Yani, uchrashuvdagi vaziyat VAR orqali aniqlansa, bosh hakam chiqarilgan qarorni stadionning o'zida barchaga elon qiladi.



Ushbu yangilik yuzasidan FIFAning o'zbekistonlik instruktori Farhod Abdullaev izoh berdi. Unga ko'ra, hakam maydonni tark etish (monitor orqali vaziyatni ko'rish uchun)dan avval:

- TV-monitor belgisini bildirish;

- Radioaloqa vositasini yoqish.

Hakam VAR bilan bo'lgan suhbat natijasini muxlislarga o'z holicha etkazishi kerak, yani:

- holatning qisqa bayoni;

- o'yinni qanday davom ettirish;

- intizomiy jazo haqida malumot (holat sariq yoki qizil kartochka bilan bog'liq bo'lsa);

- jazolanadigan futbolchi (raqami)ni aytish.

Uchrashuvdan oldin qandaydir iborani yodlashning hojati yo'q, barchasi qisqa va aniq bo'lishi kerak.

"Al Ahli" (Misr) va "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya) jamoalari o'yiniga qo'shib berilgan daqiqalarda hakam misrliklar foydasiga penalti belgiladi. Hakam videotakrorni tomosha qilgach, qoidabuzarlik jarima maydoni tashqarisida yuz berganini aniqladi. SHundan so'ng maydonga qaytib, o'z qarorini barchaga elon qildi. Unga ko'ra, penalti bekor qilinib, jarima maydoni tashqarisidan jarima zarbasi belgilandi. Qo'shimchasiga "Oklend Siti" himoyachisi Adam Mitchellga qizil kartochka ko'rsatdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика