So’nggi yangiliklar

15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  0 14:50"Челси" ёзда Вейгани сотиб юборишга тайёр  0 13:38"Интер" 30 млн евролик футболчини харид қилмоқчи  0 12:55"Ливерпул"нинг италиялик ҳимоячига бўлган қизиқиши ортиб бормоқда  2 12:23Пеллегрини фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 11:55Ливерпуль клуби Грилишнинг ижараси бўйича музокараларни давом эттирмоқда  3 11:21Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусановни мақтади  12 10:53Расмус Хойлунд фаолиятини Италияда давом эттиришга яқин  5 10:24Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги режалари ҳақида фикр билдирди  0 09:54Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этишлари керак"  7 09:25Рио олимпиадаси совриндори "Машъал" машғулотларига қўшилди  2 08:56Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"да Роналду билан бўлган можаро ҳақидаги саволга жавоб берди  12 08:27Саудия клуби 28 миллион евролик трансферни амалга оширди  1 07:58Суперлига. Бугун 18-турга старт берилади  3

Van Damm ishtirokidagi tadbirga ikkita chipta yutib olgan muxlis nomi malum bo'ldi Yangiliklar

Van Damm ishtirokidagi tadbirga ikkita chipta yutib olgan muxlis nomi malum bo'ldi

Teglar :  Tanlov
9 sentyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida jang oqshomi tashkil qilinadi.


Ushbu katta tadbirning fahriy mehmonlari sifatida Jan Klod van Damm, Fedor Emelyanenko va Jeff Monson kabi dunyo yulduzlari taklif etilgan.

Tadbirning axborot hamkori hisoblangan saytimiz o'z muxlislari uchun chiptalar sovg'a qilishni maqsad qilgan. CHipta egasini tanlov asosida aniqlab olamiz.

Tanlovda 10 ta savol taqdim etiladi. Savolga birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan muxlisimizga 1 ochko qo'shiladi. 10 ta savol yakunlariga ko'ra eng ko'p ochko to'plagan muxlis tadbirga ikkita chipta sohibiga aylanadi. Barchaga omad tilab qolamiz.

Savollar xar 5 daqiqada elon qilinadi. Bugungi tanlovimiz savollari barcha sport turlari mavzusida bo'ladi.

1-savol: 9 sentyabr kuni yurtimizga tashrif buyurishi kutilayotgan Jan Klod van Damm 16 yoshida bir sport turi bo'yicha Belgiya terma jamoasi safida Evropa chempionligini qo'lga kiritgan ekan. Qaysi sport turi bo'yicha?

Javob: Karate (to'g'ri javobni Whosanoff topdi)


2-savol: Osiyo - sariq, Amerika - qizil, Evropa - havorang. Siz Avstraliya va Afrikani toping.

Javob: Yashil va qora. (Avstraliya yashil, Afrika qora. Olimpiya halqachalari haqida gap ketayotganini tushundingiz) (Bek_Uzbekistan)


3-savol: Ushbu sportdagi terminlar yapon tilida bo'lib, qoidalar maktab o'qituvchisi Zigaro Kano tomonidan o'ylab chiqilgan. U qaysi sport turi?

Javob: Dzyudo (fcbchelsea)


4-savol: U sportchi 2003 yilda xech qaysi "Ulkan toj" turnirini qo'lga kiritmay turib, WTA reytingida dunyoning birinchi raqamli raketkasiga aylanib olgan. Tarixda ilk marotaba qaysi tennischi bunday ko'rsatkichni qayd etgan?

Javob: Kim Kleysers (Dybala)


5-savol: Ushbu qishgi sport turi Avstriyadagi maktab dasturlariga kiritilgan ekan. Qaysi sport turi haqida gap ketayotganligini toping.

Javob: Tog' chang'isi (Whosanoff)


6-savol: Kanadalik bir sportchi BU ISHNI QILISH bo'yicha mutloq rekordchi hisoblanadi. Bizning bir mashhur vatandoshimiz esa o'sha ishni 7 marotaba amalga oshirgan. Siz bizga kanadalik sportchining ismi-sharifini va BU ISHNI necha marta qilganini yozib bering. (Ism-familiya va son)

Javob: Ian Millar, 10 maroataba Olimpiadada ishtirok etgan. (Savolda aytilgan bizning vatandoshimiz esa Oksana CHusovitina edi) (Whosanoff)


7-savol: Barchamizga malumki, aksariyat sportchilar faoliyatini yakunlaganidan so'ng ortiqcha vazndan aziyat chekadilar. Ammo, bir sport turi ishtirokchilari borki, ular faoliyatini tugatganlaridan so'ng buning aksi bo'ladi (vaznlari kamayib ketadi). U qaysi sport?

Javob: Sumo (arslon)


8-savol: 1923 yilda ochilgan ushbu mashhur stadion o'sha vaqtda "Empire stadium" deb nomlanardi. Bizga uning bugungi kundagi nomini yozib bering.

Javob: "Uembli" (Dybala)


9-savol: Velotrek, suzish, o'q otish, kamondan o'q otish, og'ir atletika. Siz yozgi Olimpiada turlari dasturiga kiruvchi (boshqa sport turlaridan farqlanuvchi) sport turlari bilan tanishdingiz. Ammo, biz yozgan ro'yxatda bir sport turi qolib ketdi. U qaysi sport?

Javob: Engil atletika. (Izoh: Biz sanab o'tgan sport turlarida jahon va dunyo rekordlari qayd etiladi va hisoblab boriladi) (Bek_Uzbekistan)


10-savol: Jan Klod van Dammning bir ko'rsatkichi 20 - 2 ni tashkil qilar ekan. Bizga sportda doim uchraydigan, Van Dammda 20 - 2 ni tashkil qiluvchi ikkita so'zni yozib bering.

Javob: G'alaba, mag'lubiyat (O'z vaqtida kikboks bilan shug'ullangan Van Damm faoliyati davomida 20 marotaba g'alaba qozonib, 2 marotaba mag'lubiyatga uchragan ekan) (Whosanoff)


Tanlovimiz tugadi. 10 ta savol yakunlariga ko'ra "Whosanoff" nikli foydalanuvchimiz tanlov g'olibiga aylandilar. Ularni tabriklab qolamiz. G'olibimizdan Telegramm orqali @CA_admin ga bog'lanishlarini iltimos qilamiz.

Tanlov yakunlariga ko'ra bugungi jadval quyidagicha ko'rinish oldi:

Whosanoff - 4
Bek_uzbekistan -2
Dybala - 2
fcbchelsea -1
arslon - 1

Tanlovda ishtirok etgan barchaga rahmat aytib qolamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика