“Valveyk” – “Ayaks” uchrashuvi mezbonlar darvozaboni jiddiy jarohat olgani sababli to'liq davom etmadi
01 okt 2023 07:45
Yangiliklar
“Valveyk” – “Ayaks” uchrashuvi mezbonlar darvozaboni jiddiy jarohat olgani sababli to'liq davom etmadi
Kecha Niderlandiya chempionatining 7-turida “Valveyk” o'z uyida “Ayaks”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 83-daqiqasida mezbonlar darvozaboni Eten Vassen mehmonlar hujumchisi Brayan Brobbining oyog'iga tashlanib, to'pni olib qo'ymoqchi bo'ldi. Biroq vaziyatda hujumchining tizzasi darvozaboning boshiga tegdi va Vassen o'sha zahoti xushidan ketdi.
SHifokorlar darvozabonga tezlik bilan yordam ko'rsatishga harakat qilishdi va shu tariqa, uchrashuv 83-daqiqada yakunlandi.
Hozircha futbolchining ahvoli haqida aniq malumot berilmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar