So’nggi yangiliklar

17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  0 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  1 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  1 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  94 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2

Vali Keldiev oliy liga 23-turi oldidan nima deydi? Yangiliklar

Vali Keldiev oliy liga 23-turi oldidan nima deydi?

Bugun malum muddatlik tanaffusdan so'ng oliy liganing navbatdagi tur o'yinlariga start beriladi. Bo'lajak bahslar oldidan taniqli sobiq futbolchi Vali Keldiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
23-tur
17 oktyabr (juma)

“Dinamo” – “Neftchi”. 60x40.
- “Dinamo”ning o'z uyida o'ynashini inobatga olib aytadigan bo'lsak, samarqandliklarning g'alabaga bo'lgan imkoniyati biroz yuqoriroq ko'rinmoqda. “Neftchi” negadir o'z o'yin uslubini topib olmagandek tuyulmoqda. Bu jamoaga omad ham kelmayapti. Tabiiyki har ikki jamoa ham g'alaba ilinjida maydonga chiqadi. 

“Mashal” – “Buxoro”. 70x30.
- O'yin qiziqarli bo'ladi. “Mashal” yutadi deb o'ylayman. Lekin “Buxoro”ga hozirda ochko suv va havodek zarur. Buning uchun ular borini berishi aniq. Uchrashuvga yuqori suratda tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa kerak. Muborak jamoasida ishlayotganim sababli ham bugun “Mashal”ga muxlislik qilaman.

“Navbahor” – “Qizilqum”. 60x40.
- Namanganda mezbonlar raqibiga osonlikcha ochko ulashmaydi. Bu yil “Navbahor” yaxshi o'ynamoqda. “Bunyodkor” bilan yaxshi o'ynagandi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi ham bugun ularga qo'l keladi. Lekin “Qizilqum”dan ham har narsa kutish mumkin.

“Paxtakor” – “Nasaf”. 50x50.
- SHubhasiz turning markaziy o'yinidir. “Nasaf” mening ikkinchi jamoam deb bilaman. Lekin “Paxtakor”ni ham hurmat qilaman. Bahs jangavor ruhda o'tishi aniq. Bunday o'yinlar kamayib ketdi. TV orqali bo'lsa ham ko'rib boraman. “Paxtakor” har doim kuchli jamoa bo'lgan. Ilgari bu jamoaga qarshi ko'p bor o'ynaganman.  

“Andijon” – “Metallurg”. 50x50.
-  SHaxsiy fikrim “Andijon” yutsin, nima bo'lsa ham. Viloyatda futbolni sevishadi. Bu klubda yaqin do'stim Qahramon Abduqodirov ishlamoqda. Lekin bekobodliklar ham ketma-ket ochko yo'qotdi. SHuning uchun ular ham Andijonga g'alabani ko'zlab borgan bo'lishi aniq. “Andijon” yutsa ham oliy ligani tark etishi aniq, baribir. Lekin muxlislar o'z uylariga xursand bo'lib qaytsa yaxshi bo'lardi.

“Olmaliq” – “Lokomotiv”. 40x60
- “Temiryo'lchilar” yutsa kerak. CHunki “Lokomotiv”da mamlakatimizning tajribali o'yinchilari jamlangan. Qolaversa chempionlik uchun kurashmoqda. Ochko yo'qotishga haqqi yo'q. Lekin mezbonlar ham sensaciya qayd etishga urinishi turgan gap. Qolganini o'yin ko'rsatadi.

18 oktyabr (shanba)
Bunyodkor – So'g'diyona. 80x20.

- “Qaldirg'ochlar”ning o'yini yomon emas. Ular o'z maydonida g'alaba qozonsa kerak deb o'ylayman. “So'g'diyona” elitada qolish uchun jiddiy kurashmoqda. Lekin Toshkentda ularga oson bo'lmaydi.

Barcha jamoaga omad tilayman. Qolganini o'yin ko'rsatib beradi.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика