"Valensiya" "Real"ga Mayoral uchun 15 mln evro va bonuslar taklif qildi
17 avg 2020 18:00
Yangiliklar
"Valensiya" "Real"ga Mayoral uchun 15 mln evro va bonuslar taklif qildi
"Valensiya" "Real" forvardi Borxa Mayoralni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Valensiya" 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 15 million evro va bonuslar taklif qilishgan. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar tarqatmoqda.
"Lacio" ham qiziqayotgan hujumchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi so'nggi ikki mavsum davomida "Levante"da ijara asosida harakat qildi.
Fikrlar