“Valensiya” bosh murabbiyi jamoasining joriy mavsumdagi eng muhim o'yini qaysi ekanligini aytdi Yangiliklar

“Valensiya” bosh murabbiyi jamoasining joriy mavsumdagi eng muhim o'yini qaysi ekanligini aytdi

“Ko'rshapalaklar” ustozi ECHL 4-turidan avval fikrlari bilan bo'lishdi.

“Lill”ga qarshi o'yin — joriy mavsumdagi eng muhimi. Barqaror bo'lib borishga umid qilamiz, axir “Espanol”ga qarshi o'yinimiz yaxshi chiqdi. “Lill”da o'z maydonidagi o'yinda hamma narsa yaxshi o'xshadi, faqat natijadan boshqasi. U erda o'z o'yinimizni ko'rsatish oson bo'lmadi. Bu bahs ham qiyin kechadi. Boisi “Lill” juda yaxshi jamoa”, — deydi “Valensiya” bosh murabbiyi Albert Selades.

“Valensiya”—“Lill” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика