So’nggi yangiliklar

19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  1 19:16"Машъал" - "Динамо". Асосий таркиблар билан танишинг  0 18:55Суперлига. "Навбаҳор" - "Сўғдиёна" 1:0 (матнли трансляция)  14 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  0 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  1 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  2 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  6 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  11 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  9 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  4 11:49Мураббий илк бор ҳакамларни тайинлаш қўмитасига киритилди   2

Vadim Abramov: "Stanoevich boshqa poziciyada o'ynamoqda. Himoyadagi muammolarimiz tufayli shunday o'ynashga majbur bo'lyapmiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Stanoevich boshqa poziciyada o'ynamoqda. Himoyadagi muammolarimiz tufayli shunday o'ynashga majbur bo'lyapmiz"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan OKMK - "Dinamo" (0:0) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi bahs golgacha davom etardi. Shu sababli, bugungi uchrashuv Kubok musobaqasi doirasida o'tkazilgandek tuyuldi. Ikki jamoa ham mag'lub bo'lishni istamadi. Ikki jamoada ham etarlicha imkoniyatlar bo'ldi, ammo hisob ochilmadi. Muxlislar bunday noqulay ob-havoda bizni qo'llab-quvvatlash uchun Olmaliqqa kelishdi. Ulardan minnatdorman. Umid qilaman, bugungi o'yinimiz muxlislarni xafa qilmadi" - deya fikr bildirdi Vadim Abramov bugungi o'yin haqida.

- "Dinamo" joriy mavsumda haligacha o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi, ammo jamoa to'rtta bahsda bor-yo'g'i ikkita gol urdi. Ushbu holatni qanday baholaysiz?

- Biz qanday jamoalar bilan to'qnash kelayotganimizni ko'rdingiz. Chempionat endi boshlandi. Vaziyatlardan yaxshi foydalana olmayotganimizni tan olishimiz kerak. Barchasi tez orada yaxshilanishiga umid qilaman. Himoyadagi muammolarimiz tufayli shunday o'ynashga majbur bo'lyapmiz.

- Oleksandr Kucherenko ketma-ket ikkinchi uchrashuvni o'tkazib yuboryapti. Markaziy himoyachi poziciyasida esa Marko Stanoevich o'ynamoqda. Stanoevichning markaziy himoyaga ko'chib o'tkazdingiz va ushbu qaroringiz bir vaqtlar terma jamoada Odil Ahmedovni markaziy himoyachi sifatida o'ynatganingizni eslatmoqda. Ushbu qaror vaqtinchalikmi?

- Albatta, bizning to'rt nafar markaziy himoyachimiz jarohat olgan. Salim Mustafoev endigina jarohatidan forig' bo'ldi. Biz Salimni qaydnomaga kiritdik, ammo maydonga tushirishimiz biroz noto'g'ri bo'lar edi. U hali mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.



- Ushbu qaroringiz maydon markazida holatga ham tasir o'tkazmoqdami?

- Ha, Marko hozir boshqa poziciyada harakatlanmoqda. Maydon markazida uning o'rnini yopa olish esa oson vazifalardan emas. Bugungi uchrashuvda barchasini bittagina gol hal etib yuborgan bo'lardi. Masalan, biz o'z vaziyatlarimizning biridan unumli foydalana olmaganimizda bahs umuman boshqacha tus olgan bo'lar edi. Barchasi dastlabki golga bog'liq edi.

- Tajribali Sanjar Qodirqulovni tanaffusda zaxiraga oldingiz va uning o'rniga Oybek O'rmonjonovni maydonga tushirdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi? "Paxtakor"ga qarshi bahsdan so'ng O'rmonjonov o'yinini yuqori baholagan edingiz. Futbolchiga yanada ko'proq imkoniyat berishga qaror qildingizmi? Yoki Qodirqulovning harakatlari sizni qoniqtirmadimi?

- Qodirqulov birinchi taymda o'yin tempidan ortda qolgandek. Sanjar biroz noto'g'ri qarorlar qabul qildi. Ayrim bir holatlarda shunday ko'ngilsizliklar uchrab turadi. Ikkinchi bo'limda bizda vaziyatlar paydo bo'la boshladi.

- "Dinamo" bugun juda yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldi, ammo barcha imkoniyatlarini ko'kka sovurdi. Yomon realizaciya haqida fikr bildirib o'tsangiz. Ushbu jihat jamoangiz o'yiniga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Albatta. Halilov o'z vaziyatidan foydalanishi kerak edi, ammo u noto'g'ri qaror qabul qildi. Raqib darvozaboni ham o'sha vaziyatda yaxshi o'ynadi. Futbolda shunday bo'lib turadi. Balki futbolchilarda hayajon bo'lgandir, sababi biz musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan jamoaga qarshi o'ynadik.

- Vadim Karlenovich siz 5-turdan so'ng Joel Kojoning o'yinini unutasizlar degan edingiz. Mana to'rtta tur ortda qoldi, ammo Kojoning o'rni hali hamon sezilmoqda...

- Adashmasam, Kojo o'tgan mavsumda 8ta gol urdi. Joriy mavsum esa 30ta turdan iborat. Chempionat yakunlanganida nechta hujumchimiz Kojoning o'tgan mavsumdagi natijasi takrorlaganini solishtiramiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика